Mirjalol Qosimov: "Bugun g'alaba qozonishni juda ham istagan edik"
05 noy 2018 20:48
Yangiliklar


Mirjalol Qosimov: "Bugun g'alaba qozonishni juda ham istagan edik"
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirdi:
- Bugun g'alaba qozonishni juda ham istagan edik. Musobaqa jadvalidagi o'rnimiz ham buni taqazo etar edi. Bugun har ikki jamoa ham chiroyli o'yin namoyish etdi. Hisob 2:1 bo'lib turgan vaziyatda yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan unumli foydalanganimizda, balkim maqsadimizga erishgan bo'larmidik. Lekin bu – futbol. SHunday holatlari bilan ham ushbu sport qiziq sanaladi. Endi oldindagi o'yinlarda mazmunli o'ynab, g'alaba qozonishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar