Mirjalol Qosimov: "Bu kunlar ham o'tib ketadi, mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq qiladi"
04 mar 2022 21:59
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Bu kunlar ham o'tib ketadi, mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq qiladi"
— CHempionatning yangi mavsumi bilan barcha futbol ishqibozlarini tabriklayman. "Metallurg" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. SHunday kunlar boshimizga tushgan ekan, bu kunlar o'tib ketadi, mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq qiladi. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun Olmaliqdan tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytib qolaman. Bundan tashqari, shogirdlarimga ham minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'limdayoq 10 kishi bo'lib qolishimizga qaramasdan, oxirigacha kurash olib bordik. Eng muhimi, jamoadagi ruhiyat saqlanib qolgan. Maydondan chetlatilgan futbolchilar nechta o'yinni o'tkazib yuborishi haqida biror nima deya olmayman. Biz hali qaytamiz va bundan kuchliroq o'yin ko'rsatamiz.
— Mavsum avvalida markaziya himoyani to'liq yangiladingiz. Avvalgi tarkibdan faqatgina Sardor Rahmonovni saqlab qoldingiz. Aynan Rahmonov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Penalti belgilangan vaziyatda u xavf bartaraf eta olmaganidan tashqari sherigiga xalaqit berdi hamda raqibga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Uning harakatlariga izoh bersangiz...
— Vaziyatni qayta ko'rib chiqqach, bir to'xtamga kelaman. Hozircha bu haqda nimadir tushuntirib berishim qiyinroq. Ishlamagan odamda bunaqa xato bo'lmaydi. Futbolda hamma xato qiladi. Bunday vaziyatlar har doim bo'lib turadi. Masalan, o'tgan yili Jokich "Bunyodkor"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgandi, lekin o'shanda natijani o'z foydamizga hal qilgandik. Sardorni yoshligidan beri yaxshi bilaman, u hech qachon atayin noto'g'ri harakatlar qilmaydi. Kelgusi o'yinlarda bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
— Anzur Ismoilov kabi etakchi o'yinchilarning yo'qligi bugungi o'yinga o'z tasirini o'tkazdimi?
— Jamoa bir kishiga qarab qolmagan. Klubda yo'qotishlarning o'rnini mavjud o'yinchilar to'ldirishi lozim. SHunda vaziyat normal tus oladi. Ismoilov hali endigina kelgan. Vaqti-soati kelib, ular ham tarkibga qo'shiladi hamda klubni kuchaytirishga o'z hissasini qo'shadi.
— Oldingi "Metallurg" bilan hozirgisida farq sezdingizmi?
— Imkoni boricha, boshqa jamoa to'g'risida gapirishni xohlamayman. Hozir o'z jamoam haqida qayg'uryapman.
— Tarkibning deyarli har bir chizig'icha etakchi o'yinchilar jalb etildi, biroq hujum chizig'iga futbolchi sotib olinmadi. Vaholanki, jamoada uchta hujumchi bor hamda uchalasinikini qo'shib hisoblaganda, o'tgan mavsum o'nta ham gol urolmagan...
— Bu futbolchilarning ikkitasining klub bilan shartnomasi bor. SHu sababli ular jamoada qoldi. Zafar Polvonovni jamoadan ketkazish insoniylik jihatdan noto'g'ri bo'lardi. U jamoa uchun mehnat qilgan, faoliyatini shu erda yakunlamoqchi. SHu bois, u ham jamoada qoldi. Bu ish bugun bor, ertaga yo'q. Lekin inson hamisha inson bo'lib qolishi kerak. Polvonovga boshqa jamoalardan takliflar bo'ldi, lekin u rad etdi. Uch hujumimiz bor ekan, boshqa o'yinchi sotib olishga zarurat tug'ilgani yo'q.
Fikrlar