Mirjalol Qosimov: "Bizda uch kun "motam" bo'ldi"
03 okt 2018 23:09
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Bizda uch kun "motam" bo'ldi"
"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
"SHijoatli o'yin bo'ldi. Har bir bahs tezkor, muxlislarbop bo'lmoqda. Kubokdagi mag'lubiyatdan so'ng mana shunday o'ynagan shogirdlarim bilan faxrlanaman. G'alaba bu g'alaba. Menimcha bugungi o'yin barchaga yoqdi deb o'ylayman. Haqli ravishda 3 ochkoga ega chiqdik", - deydi Mirjalol Qosimov.
- Odatda o'yin vaqtida agressiv ravishda bahsga kirishib ketasiz, bugun esa undan ham ko'proq kirishib ketdingiz...
- Bu o'yin. Hayotim shu. Bazida to'pni tepib yuboraman. Bu normal holat.
- Moliyaviy jihatdan qandaydir o'zgarish bo'ldimi? Jamoa futbolchilari qandaydir rag'batlantirilmoqdami?
- Yo'q. Bizda uch kun "motam" bo'ldi. Uch kun futbol haqida umuman gaplashmadik. Hech qaysi shogirdimga umuman etirozim yo'q. Futbol shunday narsa.
Fikrlar