So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Mirjalol Qosimov: "Ayanchli xatolarimiz evaziga yutqazdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ayanchli xatolarimiz evaziga yutqazdik"

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 4-tur doirasidagi "SHabab Al Ahli" - AGMK (3:1) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum. Juda ham muhim o'yin edi. Har ikkala jamoa uchun bugungi bahs ahamiyati yuqori edi. Futbolchilarga ham mazkur o'yin ahamiyati naqadar kattaligini tushuntirgandik. O'yindan avval ham aytgandim, ekvatordan o'tdik va mazkur uchrashuvdan yaxshi o'tvolsak, keyingi imkoniyatlarimiz yaxshilanishi haqida takidlagandim. O'zimiz aybdormiz. 12-daqiqadayoq hisobda ikki to'p farqi bilan ortda borayotgandik. Bunaqangi fora bilan o'ynash kerak emas. O'zimizning ayanchli xatolarimiz evaziga yutqazdik. G'alaba bilan esa "SHabab Al Ahli"ni tabriklayman".

- O'yindan oldin buyog'iga futbolchilarda jismoniy toliqish ham bo'lishi mumkinligi haqida gapirib o'tgandingiz. Bugungi bahsda shu narsa pand berdimi?

- CHarchoq emas, balki tezkor gollar tasirini ko'rsatdi. Hisobda 2:0 ortda borayotganda gol bilan javob berib, o'yinda yomon harakatlanmayotgandik. Biroq uchinchi gol jamoaga ruhan tasir qildi. Lekin jismonan jamoamiz holati yomon emas. Yutqazayotganda esa shoshqaloqliklar ruy berib, xatolar ko'paydi. Bu erda jismoniy holat emas, jamoaning ruhiyati tushib ketdi. 

- Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Istiqlol"ning g'alabasi guruhdagi barcha jamoalarning pley-offga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi. Keyingi uchrashuvlarda jamoani qanday tayyorlamoqchisiz?

- Bu o'yin tarixga kirdi. Jamoa jismonan tayyor. Ikki kun ichida jamoani ruhan bo'lajak uchrashuvlarga tayyorlashga harakat qilamiz. Oldimizda ikkita qiyin o'yin turibdi. Agarda bugun yaxshi natija ko'rsatganimizda, ishimiz engilroq bo'lardi. Lekin amalga oshirib bo'lmaydigan ishni o'zi yo'q. Oxirigacha harakat qilamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика