So’nggi yangiliklar

08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  2 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0

Mirjalol Qosimov: "Al Hilol" kuchli jamoa, lekin hech kim mag'lubiyatlardan sug'urtalanmagan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Al Hilol" kuchli jamoa, lekin hech kim mag'lubiyatlardan sug'urtalanmagan"

Osiyo CHempionlar Ligasi 5-turi doirasidagi AGMK - "Al Hilol" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga ishtirok etdi. Unga hujumchi Zafar Polvonov hamrohlik qildi.

"Avvalambor, Assalomu alaykum. Ertangi o'yin juda ham muhim. Qolaversa, guruhdagi to'rtta jamoada ham imkoniyat bor. Barcha jamoada birinchi o'ringa chiqib olish uchun imkoniyat mavjud. Tanganing ikkinchi tarafi, ertangi bahsda ochko yo'qotilishi musobaqadagi imkoniyatlarni yo'qqa chiqaradi. Biz oxirigacha harakat qilib, imkoniyatdan foydalanishga intilamiz. "Al Hilol" bilan uchrashuvda natija uchun kurashamiz", – Mirjalol Qosimov. 


 


— "Al Hilol" bilan dastlabki o'yinda durang qayd etgansizlar. Raqib haqida malumotlar etarli. Bu jamoangizga ertangi bahs oldidan ustunlik berishi mumkinki? SHuningdek, jamoa 12 kun ichida beshinchi o'yinda maydonga tushadi. Jismoniy toliqish qanchalik seziladi?

— "Al Hilol" juda ham kuchli jamoa. Lekin oxirgi turda ular "Istiqlol"ga yutqazishdi. Umuman futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. "Al Hilol"ni o'rganib chiqdik, tarkibdagi barcha futbolchilar safda. Ertaga albatta yaxshi natija uchun o'ynab, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz. Futbol shunaqa narsaki, unda kimdir xato qiladi va boshqa foydalanib ketadi. Oddiy bir kichik elementar xato o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin. Imkon qadar kamroq xato qilib, imkoniyatdan maksimal foydalanish lozim. O'ylaymanki, ertaga juda ham qiziqarli o'yin bo'ladi. To'g'ri, ketma-ket beshinchi o'yin. Balki jismoniy toliqish sezilishi mumkin. Jamoada rotaciyalar ham qilinadi. 



— Matbuotda "Al Hilol" haqida tanqidlar juda ko'p uchramoqda. Lekin shunga qaramay "Al Hilol" baribir juda kuchli jamoa. Mazkur jarayonlar haqida nima deya olasiz?

— "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Futbolda hech kim mag'lubiyatlardan sug'urtalanmagan. "Istiqlol" "Al Hilol" bilan o'yinda juda ham yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda o'ynab, vaziyatlardan foydalandi. "Istiqlol"ga tasanno. Mazkur o'yinni ko'rib chiqdik. Avval takidlaganimdek, "Istiqlol" himoyasini yorib o'tish juda mushkul. "Al Hilol" ham bunga qiynaldi va etiborni hujumga qaratgan holda himoyani esdan chiqarib, qarshi hujumlarni o'tkazib yubordi. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. SHunisi bilan ham qiziq futbol.  



— "Istiqlol" yaxshi himoyalanganini takidlab o'tdingiz. "Al Hilol"ga qarshi o'yinda ertaga jamoangiz ham shunday himoyaviy uslubdan foydalanadimi?

— "Al Hilol" bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. CHunki raqib juda kuchli jamoa va yuqori darajadagi ijrochi futbolchilarga ega.



"Hammaga Assalomu alaykum. Ertangi bahsda faqat va faqat g'alaba bizni qanoatlantiradi. Ortga yo'l yo'q. Insha Alloh g'alaba uchun maydonga chiqamiz", – Zafar Polvonov.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика