Mirislom Hasanov: “Nurafshon" 4-o'ringa munosib jamoa emasdi"
21 noy 2021 19:20
Yangiliklar
Mirislom Hasanov: “Nurafshon" 4-o'ringa munosib jamoa emasdi"
- O'yin haqida
- Muxlislardan uzr so'raymiz. "Nurafshon" to'rtinchi o'ringa loyiq jamoa emas edi. Omadimiz kelmadi, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Hayot davom etadi, yigitlarga oxirigacha kurashganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.
- Murabbiylarning ketma-ket almashinuvi "Nurafshon" jamoasining omadsizlikka uchrashiga sababchi bo'ldi deb o'ylaysizmi?
- Ha, har bir murabbiy o'z uslubini qo'llaydi. Bu yigitlarga tasirini ko'rsatmasdan qolmadi.
- Kelgusidagi rejalar qanday?
- Hozir bu borada biron gap aytish qiyin. Jamoa o'z maqsadi yo'lida olg'a davom etadi.
- Siz klub bosh murabbiyi lavozimida qolasizmi?
- Buni klub rahbariyati hal qiladi. Men U-18 jamoasida ishlab kelayotgandim. Taklif bo'lganida, qo'rqmasdan qabul qildim va ishladim. Yigitlarga kurashuvchan o'yin namoyish etganliklari uchun rahmat aytaman. Yana bir bor muxlislardan uzr so'raymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar