Mirislom Hasanov: "Natija uchun issiq ob-havoni sabab sifatida ko'rsatmoqchi emasman"
07 iyu 2021 10:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/641076_original.jpg)
![](/upload/storage/641076_220.jpg)
Mirislom Hasanov: "Natija uchun issiq ob-havoni sabab sifatida ko'rsatmoqchi emasman"
Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Oq-tepa" (3:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirislom Hasanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- "Bugun 2-3 ta yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Bundan tashqari raqib tezkor qarshi hujumdan foydalanib gollar urib ketdi. Issiq ob-havoni natijaga sabab sifatida keltirmoqchi emasman. CHunki "Oq-tepa" ham, biz ham shu sharoitda o'ynadik. Oxirgi daqiqlarda kiritgan gollarimiz bizni mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Bugun balki g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.
Jamoamiz yigitlariga ob-havoga etibor qaratmasdan faqat g'alaba uchun o'ynash kerakligini tushuntirdim. Zaxiradan Suhrob Nematovni o'yinga qo'shdik. Zimmasida Superliga yo'llanmasi vazifasi turgan jamoa bugungi kabi o'yinlarda g'alaba qozonishi kerak" - deydi "Buxoro" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar