So’nggi yangiliklar

13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  13 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  7

Mircha Luchesku: “SHaxtyor"ni qiyin holatda qanday tashlab ketaman?” Yangiliklar

Mircha Luchesku: “SHaxtyor"ni qiyin holatda qanday tashlab ketaman?”

Doneckning “SHaxtyor” klubi ikkinchi yil Kievda istiqomat qilib, o'yinlarini Lvovda o'tkazmoqda.


Bunday sharoitda jamoani qay tariqa ushlab turish borasida “France Football” nashrining savollariga bosh murabbiy Mircha Luchesku javob qaytardi.


– Doneckda oxirgi marta qachon bo'ldingiz?

– 2014 yil iyunda. Avstriyaga yig'inga jo'nab ketishdan avval. O'shanda stadionda matbuot anjumani o'tkazgandim. Vaziyatni tushuntirib, ketishim haqida gaplarni rad qilgandim. Ertasi kuni tongda avtobusda Zaporojega yo'l oldik va o'sha erda samolyotga o'tirdik. Doneckda aeroport ishlamayotgandi. O'sha kundan beri jamoa u erda bo'lmadi. SHu bilan birga o'zim istiqomat qilgan uy uchun ijara puli to'lishda davom etyapman.

– “Donbass Arena”dagi stadiondagi oxirgi o'yinni eslaysizmi?

– May boshida Mariupol shahri jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etib, chempionat tugashiga 2 tur qolganda chempionga aylandik. Biroq chempionatning so'nggi o'yinini CHerkassda o'tkazishga majbur bo'lib, bayramni muxlislar bilan birga nishonlay olmadik. O'sha chempionlikdan boshqacha taassurotlar qolgan. Evropadagi eng yaxshi stadionlardan biri va ishqibozlar – bugun bizga etishmayotgan jihatlar.

– Stadion hamon Doneck viloyati aholisiga ijtimoiy yordam ko'rsatish joyi sifatida xizmat qilyaptimi?

– Ha, hozircha shunday. U erda 400-500 kishi ishlayapti. Ish ko'p: stadion, bog', maysa ustida ishlash zarur. Bir yil oldin qo'shni kimyo zavodidagi portlashdan stadion shikastlandi. Lekin tezda barchasini tartibga keltirishdi. Arena bugunoq o'yinni qabul qila oladi. Mashg'ulot markazining kichik qismi shikastlangan, lekin maydonlar hamon yaxshi holatda turibdi.

– Yangi sharoitda qanday istiqomat qilyapsizlar?

– Vaziyatdan chiqish kerak edi, bazi narsalarni tezlik bilan hal qildik. Avvalgi chempionat boshlangunga qadar Kievda yashab, Lvovda o'ynashga qaror qildik. Yana Xarkovda o'ynash varianti ham bor edi, u Doneckka yaqinroq, biroq UEFA CHempionlar ligasi uchun faqat Kiev va Lvovdagi stadionga licenziya berdi. Kiev jamoasi bilan raqobatchi ekanligimiz bois Lvovni tanladik. Ko'p o'yinchilar uylarda yashashadi, bazilari esa mehmonxonani afzal ko'rishgan. Men ham otelda istiqomat qilaman. Yana murabbiylar shtabi va mamuriyatdan ham bir necha kishi mehmonxonada yashaydi. Boshqalar esa Doneck va Lvov orasida qatnashadi. Hammasi shaharlarga ajralib qolgan, lekin klub yashashda davom etmoqda.

– Bu holatga ko'nikdingizmi?

– Ha. Kiev – ajoyib shahar, unda o'zimizni ajoyib va qulay his qilamiz. Ish muhitini va jamoadagi birlikni saqlab qolishmuhim edi. Barchasi kutilmaganda yuzaga keldi. Biz ishlashning boshqa suratiga o'tdik, biroq rejaga amal qilish va g'alabani yo'lni saqlab kerak edi. Bu mavsumda “Dinamo”ni superkubokda mag'lubiyatga uchratdik va CHempionlar ligasida ketma-ket 6-marta guruh bosqichida o'ynayapmiz.

– Ish muhitini saqlash. Bu nimani bildiradi?

– Mashg'ulot uchun yaxshi sharoitni hosil qilish. Doneckda bizda Kirshadagi markazda qulay sharoit yaratilgandi. U erda Evro-2012da Franciya terma jamoasi istiqomat qilgandi. Albatta, shunday bazani Kievda topish qiyin, lekin shahar markazidan 20 kilometr uzoqda yaxshi joyni topdik. O'rmon oldida eski sport bazasi bor ekan. Olimpiya tayyorlanish markazida oldin engil atletikachilar 1980-yillarda mashq qilishgan, biroq keyin deyarli foydalanilmagan. Doneckdan maysa bo'yicha mutaxassislarni olib keldik. Albatta, maydonning isitish tizimi yo'q va yoritkichlari yaxshi emas. Bir necha oy yangi joyga ko'nikdik va o'zimizni qulay bo'lmagandek his qildik. O'sha erda bir qavatli uy qurdik. Kiyinish xonasi, dush, massaj xonasi, nazariy mashg'ulotlar uchun xonalar joylashgan. Mamuriyatning eski binosida trenajyor ham mavjud. Mehmonxonadan u ergacha 20 daqiqa yo'l bosamiz. Yigitlar etiroz bildirishmayapti. Hayot davom etmoqda, biz mashq qilyapmiz, o'ynayapmiz va yutyapmiz.

– Prezident Rinat Axmetov klub bilan avvalgidek mashg'ulmi?

– U kamroq paydo bo'lmoqda: chunki o'z ishlari va siyosat bilan band. O'yinlarimizga kelmayapti, hatto CHempionlar ligasida ham. Lekin “Donbass Arena”da o'ynashni boshlashimiz bilan stadionga qaytadi. Yigitlar bilan oxirgi marta bir yil oldin uchrashgandi. Bu erga tug'ilgan kunimda, 29 iyul kuni kelgandi. Lekin telefon orqali ko'p suhbatlashamiz va klubni juda qadrlaydi. SHu sababli futbolchi va xodimlar haqida qayg'uradi. Byudjet avvalgidek qolishi uchun harakat qiladi. SHartnoma bajarilib, ish o'rinlari qisqartirilmasligiga urinmoqda. Yana u ijtimoiy yordam uchun fond tashkil qilgan.

– Sizlar Kievda “Dinamo” bilan dushman sanalasiz. Bu borada muammo tug'ilmayaptimi?

– Hech qanday. Bu erda bizni hurmat qilishadi, futbolchilar aylangani chiqishadi. Biror marta bizga nisbatan bunday kayfiyatni ko'rmadim. Boshqa joyda bunday bo'lishini tasavvur qilish qiyin. Tasavvur qiling, “Yuventus”ni Milanga joylashtirasiz va klub avtobusi har doim mehmonxona oldida turadi. Hamisha haqoratlar va ko'ngilsizliklar yuzaga kelgan bo'lardi. Bu erda esa bu kabi vaziyat sodir bo'lmaydi.

– Lvov haqida nima deysiz?

– U erda deyarli barcha uy o'yinlarini o'tkazyapmiz. Lvovda bizni yaxshi qabul qilishdi. CHempionlar ligasida stadion to'lib, bizni ajoyib qo'llab-quvvatlashayotgan bo'lsa, chempionat o'yinlarida deyarli bo'sh tribunalar qarshisida o'ynayapmiz. Bu mavsumda tobora kamroq muxlis kelmoqda – 2-3 mingdan ko'p emas. Nimadan norozi bo'laman? Biz Doneckdan 1200 kilometr uzoqdamiz. Lvovda odamlarda boshqacha mentalitet. Doneckdagi ishqibozlarimiz esa bu er uzoqlik qiladi. Afsuski, raqiblarimiz bilan bir xil sharoitda emasmiz.

– CHempionlar ligasi borasida ham shunday deyish mumkinmi?

– O'tgan mavsum “Bavariya”ni Lvovda qabul qilganimizda ularga juda qiyin bo'ldi. O'yin davomida bittagina vaziyatni yuzaga keltirishdi. Bundesligada ular 6:0, 7:0 hisobida g'alaba qozonishardi. Doneckda stadionga 50 ming ishqiboz kelardi va nemislar durang bilan qaytishardi deb o'ylamayman. 35 yildan buyon murabbiyman va o'sha oqshom ular bizdan qo'rqishayotganini ko'rdim. Javob bahsida esa penalti va chetlatish oldik. Natijada yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik.

– Yaqinda 70ga to'ldingiz. “SHaxtyor”dan ketish istagi tug'ilmayaptimi?

– Ketishga haqqim yo'q edi – boshqalarga qanday o'rnak ko'rsatgan bo'lardim? Bu klubdagi 12-mavsumim. Turli musobaqalarda 21 bor zafar quchdik. Barchasidan keyin klubni qiyin ahvolda tashlab ketishim kerakmi? Xorijlik boshqa murabbiylar ketishdi. Masalan, ispan Xuande Ramos 2014 yil “Dnepr”dan ketdi. Uning o'rnida har qanday mutaxassis shunday qilgan bo'lardi. Biroq men emas! Iyunda shartnomam tugagandi. Boshqa klublardan takliflar tushdi. Lekin men yangi kelishuvga imzo chekdim. Buni klubni qo'llash va hech kim engilmasligi uchun amalga oshirdim. Doneckga qaytmagunimizcha klubda ishlashda davom etaman.

– Dario Srna qiyin holatda yordam berdimi?

– Doneckda u o'ziga uy sotib oldi va faoliyatini tugatgach, klubda ishlashga qaror qilgan. Ha, u ishga munosabati bilan yordam berdi.

– Jamoani hozirgi holatda ushlab turish qanday nasib etdi?

– Muhimi, biz futbol g'oya va uslubimizga sodiq qoldik. Akademiyadan yoshlarni ko'proq jalb qilishni boshladik. Oxirgi lahzalargacha soyada qolgan braziliyaliklar o'zlarini ko'rsatishdi. Fred, Tayson va Aleks Teysheyrani nazarda tutyapman. Teysheyra hozir jamoaning etakchisiga aylandi – markaziy hujumda u raqiblarni aldab, yugurib, ko'plab gollar urmoqda.

– CHempionlar ligasidan keyin jamoani milliy chempionat o'yinlariga tayyorlash qiyin bo'layotgandir?

– Ha, chempionatda doimo to'pni saqlab, hujumkor futbol o'ynaymiz. Xalqaro arenada boshqacha o'ynaymiz: to'psiz o'ynab, uni olib qo'yishga va himoyalanishga urinamiz. Doim ham bunga tayyor bo'lish nasib etmaydi va xatolar oqibatida jazolanyapmiz. SHuning uchun hozir ko'proq vaqtimizni CHempionlar ligasi bellashuvlariga tayyorlanyapmiz. Himoyadagi harakatlarga etibor qilib, raqiblarni o'rganyapmiz, intizom va birdamlikni talab qilyapmiz. Joriy mavsumda “Real” va “PSJ”ga duch keldik. Avval bunday bo'lmagandi. Ruhiy tomondan ko'proq ishlayapmiz. Futbolchilarni ular boshqacha futbol o'ynashlariga ishontira olish darkor.

– Ushbu musobaqada qatnashish klub yashashda davom etayotganini bildirib qo'yishda ham muhim sanaladi.

– Albatta. “SHaxtyor” nomi evropalik mutaxassis va ishqibozlari qulog'ida qolishi lozim. Nomimizni saqlab, yuqori saviyadagi jamoa ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Barchaga qo'llarimizni tushirmaganimizni ko'rsatamiz, garchi boshqalardan farqli ravishda stadionimizga ega bo'lmasak ham.

– Vaziyatda oldinga siljish bormi?

– Holat ijobiy bo'lmagan shaklda qolmoqda. Muzokaralar natija berishiga umid qilamiz: odamlar so'zdan ishga o'tishlariga. Hozir hammasi joyida turibdi, ertangi kunga ishonch yo'q. Barqarorlik yo'q va bu bosim qiladi. Lekin bir kun Doneckka, ishqibozlarimiz oldiga qaytamiz deb o'ylayman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика