Mircha Luchesku: “Men hech qachon futbolchilarim transferiga to'sqinlik qilmaganman”
21 dek 2016 00:04
Yangiliklar
Mircha Luchesku: “Men hech qachon futbolchilarim transferiga to'sqinlik qilmaganman”
“Zenit” bosh murabbiyi Mircha Luchesku jamoa futbolchisi Aksel Vitcelning “Yuventus”ga o'tishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi.
“Vitcel ayni paytda tatilda. Men yaqin orada u bilan uchrashaman va barcha masalalarni muhokama qilamiz. Men hech qachon o'z jamoada to'p tepadigan futbolchilarning transferiga to'sqinlik qilmaganman. Bilaman, futbolchining faoliyati atigi 10-15 yil davom etadi. Vicel “Zenit” uchun muhim futbolchi, ammo keyinchalik nima bo'lishini yanvar oyidi bilib olamiz”, deya murabbiyining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tuttosport.
Fikrlar