Miralem Pyanich: "Barselona" uchun borimni beraman. "Mes que un club"
30 iyu 2020 11:33
Yangiliklar


Miralem Pyanich: "Barselona" uchun borimni beraman. "Mes que un club"
"Barselona"ning yangi o'yinchisi Miralem Pyanich yangi klubi muxlislariga murojaat qildi.
"Men juda ham baxtliman va bu klub uchun borimni beraman. Tez orada ko'rishamiz! Olg'a, "Barsa" Mes que un club ("Klubdan ham kattaroq narsa")", - deb yozadi Pyanich.
Qayd etish kerakki, xavbek bu videoni o'z "tvitter" sahifasiga qo'yar ekan, unda ispan tilida gapirdi.
Kecha "Barselona" rasman Pyanichning transferini elon qilgandi. U 4 yillik shartnoma imzoladi va uning tovon puli 400 million evro etib belgilandi. "Barsa"dan "Yuve"ga esa yarim himoyachi Artur yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar