So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  3 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Mirabror Usmonov: "Pishurni O'zbekiston termasiga jalb etish haqida o'ylab ko'rish kerak" Yangiliklar

Mirabror Usmonov: "Pishurni O'zbekiston termasiga jalb etish haqida o'ylab ko'rish kerak"

"Bunyodkor" klubiga oltin medallar topshirilgan kechada O'FF prezidenti klub shaniga iliq so'zlar aytdi.
Mirabror Zufarovich o'z so'zida katta va ahil Bunyodkor jamoasini ulkan muvaffaqiyat bilan qutladi: O'ta murakkab kechgan futbol mavsumi yakunida boshqa jamoalarga nisbatan kuchliroq ekanini amalda isbotlagan Bunyodkor haqli ravishda mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. So'nggi turda nafaqat chempionlik, balki qolgan sovrinli o'rin sohiblarining aniqlanishi ham oliy ligada intrigani saqlab turdi.

O'zbekiston kubogi bahslarida ham Bunyodkor o'z so'zini aytdi. Menga ayniqsa, jamoa hujumchisi Aleksandr Pishurning o'yini yoqdi. Jamoa g'alabalarida ukrainalik futbolchining hissasi katta bo'ldi. Milliy terma jamoamizga ana shunday hujumchi etishmadi. Murabbiylar uni terma jamoaga chaqirish variantlarini o'ylab ko'rishsa bo'larkan.

SHu o'rinda Bunyodkorni bu g'alabalarga etaklagan Mirjalol Qosimov haqida ham iliq fikrlar bildirmoqchiman. Bu insonni qo'llab-quvvatlanglar. SHubhasiz, jamoaning muvaffaqiyatli ishtirokida klub bosh homiysining o'rni bo'lak. Fursatdan foydalanib, O'zbekneftegaz milliy xolding kompaniyasi va uning raisi SHokir Fayzullaevga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. O'zbekneftegaz milliy xolding kompaniyasi bitta Bunyodkor emas, oliy liganing bir yo'la 7ta klubiga homiylik qilib kelyapti. Bu juda katta ish. Oliy liganing teng yarim jamoasiga bitta tashkilot homiylik qilmoqda.

So'zim so'nggida kelasi yili OCHLning guruh bahslarida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadigan Bunyodkor jamoasiga omad tilab qolaman. Bu jamoa muntazam ravishda guruh bosqichidan pley-offga yo'l olyapti. Niyat qilaylik, chempionimiz kelasi mavsum qitaning bosh turnirida g'olib bo'lsin.

Mana kuni kecha biz Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tgan OFKning yil laureatlarini taqdirlash marosimida ishtirok etib qaytdik. U erda Osiyo futboli rahbarlari bilan gaplashdik. Ular 2015 yilda bizga keng imkoniyatlar eshiklarini ochishyapti. Rejaga ko'ra, OFKning 47ta azo federaciyasi ishtirokidagi katta yig'ilishni Toshkentda o'tkazamiz. SHaxsan mening kelayotgan yildan umidim katta. OFKdagilar bizning to'g'ri rivojlanish yo'lidan ketayotganimizni etirof etishyapti, - dedi O'FF rahbari.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика