So’nggi yangiliklar

21:00Миллатлар лигаси. Англия ва бошқа терма жамоалар иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  2 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  0 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  6 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  1 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6 17:192015 йилдан бери трансферларга энг кўп пул ишлатган клуб номини биласизми?  6 17:05Мундиал-2026. Рустам Ашурматов билан Қозондаги катта интервью   1 16:26Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Вьетнамни таслим қилди  4 16:13"Локомотив" футболчиси бир ярим йил ичида ЙҲХ қоидаларини 703 марта бузгани учун атиги 15 кунга қамалиши мумкин  2 15:48Родри: "Мен ижтимоий тармоқлар ёки 400 фунтлик кроссовкаларга қизиқмайман. Мен..."  1 15:4211 та гол урилган Ўзбекистон - Бразилия баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:14Жаҳон чемпионатида 52та ўйин кўрамиз  2

Mirabror Usmonov: "Navbatdagi o'yinga qadar MTJda xorijlik maslahatchi murabbiy ish boshlashi kerak" Yangiliklar

Mirabror Usmonov: "Navbatdagi o'yinga qadar MTJda xorijlik maslahatchi murabbiy ish boshlashi kerak"

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ijroiya Qo'mitasi majlisi O'zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi o'yinlari va jahon chempionati saralash bahslarini mag'lubiyat bilan boshlagani
shuningdek, olimpiya terma jamoasining 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlarini o'ta muvaffaqiyatsiz o'tkazganligi to'g'risidagi masalalarga bag'ishlandi.

Majlisga O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov raislik qildi. Usmonov kun tartibidagi masalalar haqida gapirarkan, O'zbekistonda hukumat yaratib berayotgan sharoitlarda unumli foydalanish kerakligini alohida takidladi.

“Bugun futbol O'zbekistonda nafaqat stadionda, balki mamlakatimizning har bir chekkasida mavjud. Yoshlar futbol o'ynayapti. Yangi futbol maktablari qurilmoqda. Unda yangi istedodlar kashf qilinyapti. Bir so'z bilan aytganda, futbolda oliy maqsadlarni ko'zlash uchun bugun eng yaxshi sharoit va qulayliklar tayyorlab berildi, - deya gapirdi Mirabror Usmonov.

Federaciya prezidentining so'zlariga ko'ra, sharoitlar yaratib berildimi, ularning mevasini ham talab qilish vaqti allaqachon etganligini ham alohida urg'uladi.

“Ming afsuski, yaratib berilgan sharoitlarga yarasha natijalar bo'lmayapti. Birinchidan, olimpiya terma jamoasini olaylik. Ularning Osiyo chempionatiga zo'rg'a chiqqanligini biz faqat va faqat omadga yo'yishimiz kerak. Biz kuchimiz bilan chiqmadik, bizga faqat omad kulib boqdi. SHarmandagarchilikdan qanday qutulib qolganimizni butun Osiyo ko'rdi. Bunda federaciyadagi hamma aybdor!” dedi Usmonov.

 “Milliy terma jamoaning oxirgi o'yinlari biz noto'g'ri yo'ldan ketayotganimizni, to'g'ri ishlamayotganligimizni amalda ko'rsatib berdi. Osiyo chempionatida Saudiya Arabistonini omadimiz kelib yutdik va shuning evaziga guruhdan chiqdik. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozona olmadik. Oxirgisi, ayniqsa, 2:4 hisobidagi SHimoliy Koreyaga uchralgan mag'lubiyat o'tib tushdi. Atrofimdagi aksariyat “mutaxassislar” bu o'yindagi mag'lubiyatga turli sabablarni keltirishyapti, suniy qoplamali maydon, falonchi va hokazo. Bular haqida siz barchangiz mag'lubiyatgacha juda yaxshi bilardingiz”, - dedi Usmonov.

Federaciya prezidenti keyingi bosqich uchun yo'llanmani qo'lga kiritishda asosiy raqobatchi hisoblangan SHimoliy Koreya, qolaversa, Filippin terma jamoasining 6 ochkoga oldinga o'tib ketganligi haqida gapirarkan jumladan, shunday dedi: “Guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqadi. Ikkinchi o'rindan chiqish uchun eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan 4 jamoadan biri bo'lish kerak. Milliy terma jamoada esa hozir to'plar nisbati minus ikki. Peshqadamlarda allaqachon 6 ochko, bizda esa 0. Yana menga aytishadiki, hali 6 ta o'yin bor, vahima qilmang. Nima ertaga yana yutqizsak, yana 5 ta o'yin bor deb gapirasizmi?”

Mirabror Usmonov milliy terma jamoaga xorijlik mutaxassis jalb etilishi nega bir yil davomida ijobiy hal qilib kelmaganligini tilga olib o'tib, terma jamoalar mutasaddilarini so'roqqa tutdi: “Men bir yildan beri milliy terma jamoaga xorijiy mutaxassisni jalb qilish bo'yicha sizlarga taklif va mulohaza kiriting deyman, nega indamaysizlar? Qani taklif? Har qanday mablag' evaziga, har qanday mutaxassisni jalb etishga tayyor ekanligimni har majlisda takrorlasam ham hech biringiz indamaysiz! Nega Terma jamoalar markazi bu masalani ijobiy hal qilmay, bir yildan beri cho'zib yuripti. Bu masalani shaxsiy nazoratim ostiga olaman va muxlat beraman. Navbatdagi o'yinga tayyorgarlik boshlanguncha, terma jamoada xorijlik maslahatchi murabbiy ish boshlashi kerak. Tamom!”

Majlisda O'zbekiston Futbol Federaciyasining Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, O'zbekiston Professional Futbol ligasining bosh direktori Farhod Magametov, O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot kotibi Sanjar Rizaevlarga xayfsan elon qilindi. Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, O'zbekiston terma jamoalarining texnik direktori Rustam Akramovlar esa Usmonovdan va Ijroqo'm azolaridan oxirgi xayfsan olishdi. Milliy terma va olimpiya terma jamoalarining oldiga qo'yilgan vazifa bajarilmagan taqdirda Asqar Tolibjonov va Rustam Akramov o'z vazifasidan ozod etilishi malumot sifatida qabul qilindi.

SHu bilan birga O'zbekiston milliy terma jamoasining 2015 yildagi rasmiy o'yinlardagi, shuningdek, Osiyo chempionati hamda Jahon chempionatining birlashgan saralash turniridagi ishtiroki o'ta qoniqarsiz deb baholandi. Mirjalol Qosimov o'z arizasiga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod etildi. Hozirgacha “Paxtakor” futbol klubida bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Samvel Babayan “Paxtakor” jamoasidagi vazifasidan ozod etilib, O'zbekiston milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Yaqin-yaqingacha O'zbekiston yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Ravshan Haydarov O'zbekiston milliy terma jamoasining katta murabbiyi etib tayinlandi.

Yangi murabbiylar shtabi qo'lga olgan O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy vazifasi 2018 yilgi jahon chempionatining final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish qilib belgilandi va buning uchun Samvel Babayan javobgar ekanligi belgilab qo'yildi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi shu bilan birga O'zbekiston olimpiya terma jamoasining faoliyatini bevosita nazorat ostiga olib, uning natijalari uchun javobgar ekanligi ham O'FF Ijroqo'mi qarori bilan belgilab qo'yildi.

Majlis O'zbekiston olimpiya terma jamoasining 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashidagi ishtirokini ham o'ta qoniqarsiz deb baholandi. Natijada Baxtiyor Ashurmatov o'z arizasiga ko'ra, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod etilib, uning o'rnini “Paxtakor” futbol klubida turli lavozimlarda ishlab kelgan Viktor Jalilov egalladi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan Dilshod Nuraliev O'zbekiston olimpiya terma jamoasining katta murabbiyi etib tayinlandi. Jalilov va Nuraliev O'FF bilan shartnoma imzolanishi bilan “Paxtakor” jamoasidagi vazifasidan ozod etiladi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining asosiy vazifasi 2016 yilgi Olimpiada o'yinlarining yo'llanmasini qo'lga kiritish qilib belgilandi. Babayan va Jalilov yangi ko'rinishdagi murabbiylar shtabini 1 hafta muddat ichida tasdiqlash uchun O'FF rahbariyatiga topshiradi.

Majlis yakunida terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktor Rustam Akramov ish shu darajada davom etib, terma jamoalar oldiga qo'yilgan vazifalar bajarilmasa, futboldan butun umrga chetlatilishi mumkinligi aytib o'tildi.

Darhaqiqat, O'zbekistonda so'nggi yilda sportni, shu jumladan, millionlar o'yini bo'lmish futbolni yanada rivojlantirish bo'yicha shunday katta ishlar amalga oshirildiki, dunyoning hech bir mamlakatida, hech bir erida hukumat sog'lom avlodni tarbiyalash bo'yicha sportga, sog'lom turmush tarziga O'zbekistonchalik ahamiyat bermaydi. Bu eng avvalo O'zbekistonga kelib, bu erda soniya sayin yuz berayotgan o'zgarishlarni ko'rayotgan chet ellik ekspertlar, yuqori lavozimli insonlar tan olishyapti. Qolaversa, o'zimiz, futbol muxlislari ham ko'rib turibdi.

Terma jamoalarimiz avvallari qanday maqomga ega edi, hozir qanday. Ha, 1:8 hisobida yutqazgan kunlarimiz bo'lgan. O'smirlar va yoshlar terma jamoalar jahon chempionati tugul, Osiyo chempionatiga chiqishi bayramdek qarshi olinar edi. Hozir esa, butunlay boshqacha. O'smirlar va yoshlar terma jamoalar jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisi va endi biz ana shu musobaqalarda marrani yana uzoqroq qo'ymoqdamiz. Mana shunday marrani endi milliy terma jamoa oldiga qo'yish ham mumkin.

 O'FF Ijroqo'mi navbatdagi jahon chempionatini yangi murabbiylar shtabiga ishonib topshirdi. Federaciya ham ishqibozlar, o'zbek xalqi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vaqti kelganligini juda yaxshi tushunib turibdi. O'tgan safar juda-juda alamli ravishda bitta golni deb bu imkoniyatdan mahrum bo'ldik. Endi esa, xato qilishga hech kimning haqqi yo'q. CHunki, yo'llanmagan xalqning ishonchi, xalqning daldasi tikilgan.

O'FF Matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика