So’nggi yangiliklar

12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  1 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  5 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  13 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  4 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  2 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  2 09:12“Локомотив“ “Олимпик“ни ишончли тарзда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  8 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  8 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  3 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  5

Mirabror Usmonov: "Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishi o'z-o'zidan bo'lgani yo'q" Yangiliklar

Mirabror Usmonov: "Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishi o'z-o'zidan bo'lgani yo'q"

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining yarim final uchrashuvidan keyin “Sport” telekanaliga intervyu berdi.

Kuni kecha O'zbekiston Futbol Federaciya prezidenti, O'zbekiston olimpiya qo'mitasi prezidenti Mirabror Usmonov ,“Ardus” va “Do'stlik” jamoalari o'rtasida kechgan yarim final uchrashuvini tomosha qilish uchun “O'zbekiston” sport majmuasiga tashrif buyurdi.

O'yin tugagach, Mirabror Usmonov “Sport” telekanali jurnalisti Zohid Karimovga ekslyuziv intervyu berdi.
Intervyu chog'ida Usmonov futzalning O'zbekistonda tobora rivojlanib borayotganligi, futzal bo'yicha jahon chempionati haqidagi savollarga javob berar ekan, sportning ushbu turi ommalashib borayotganligini alohida takidlab, jumladan, shunday dedi:

“Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. Bu yutuqning ortida eng avvalo hukumatimizning sportni rivojlantirishga ko'rsatayotgan g'amxo'rligi, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Futzal Uyushmasi tomonida amalga oshirilgan katta hajmdagi ishlar, ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi, OAV, xullas, kattadan katta mehnat yotibdi, desam adashmagan bo'laman.

Bugun O'zbekistondagi tuman va shaharlarga boring, yoshlar sport bilan shug'ullanayotganini ko'rasiz. Mini-futbol maydonlari har bir mahallaga kirib bordi va har kuni shu maydonlar futbolsevar xalqimiz bilan gavjum. Farzandlari sog'lom yurt esa, qudratli bo'ladi”.

Mirabror Usmonov, shuningdek, futzal bo'yicha Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati haqidagi savolga javob berarkan, ishqibozlarning jonkuyarligidan hayratda qolganligini aytib o'tdi. “Odamlar nafaqat futzalga kelishni, futzal ko'rishni boshladi, balki turli musobaqalarda dunyoni havas qildiradigan darajada muxlislik qilishni boshladi.

Futzalchilarni nafaqat taniy boshladi, balki ularni o'zlariga kumir qilib oldi. Toshkentdagi Osiyo chempionatida bizning muxlislar shunaqa chiroyli muhitni yaratib berishdiki, OFK etirofi o'z yo'liga, men ular ichida o'tirgan bir o'zbekistonlik sifatida ular bilan faxrlandim. Terma jamoamiz bunday muxlislikdan keyin jahon chempionatiga chiqmasa bo'lmasdi”, - deydi Mirabror Usmonov.

Mirabror Usmonov, shuningdek, milliy terma jamoa mavzusidagi savollarga ham javob berarkan, jahon chempionatiga chiqish vaqti kelganligini aytib o'tdi.

“Biz terma jamoalarga ularning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishi uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib berdik. Poydevor qurdik. Zamin hozirladik. Endi, jahon chempionatiga chiqish vaqti keldi va biz buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz”, - deydi federaciya prezidenti.

Mirabror Usmonovning intervyusi ushbu haftada “Sport” telekanalida namoyish etiladi.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика