So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Minori Sato Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari bilan uchrashdi. VIDEO Yangiliklar

Minori Sato Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari bilan uchrashdi. VIDEO

Xabaringiz bor, 31 mart kuni Yaponiya va O'zbekiston milliy terma jamoalari nazorat uchrashuvida kuch sinashdilar.
Ushbu xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi arafasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasining yaponiyalik legioneri Minori Sato Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari va yapon filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari bilan uchrashdi.

Kunchiqar yurtdan tashrif buyurgan yarim himoyachiga “Bunyodkor” FK matbuot xizmati raxbari Mirzahakim To'xtamirzaev xamrohlik qildi. Mehmonlar yapon filologiyasi kafedrasi, yapon adabiyoti kutubxonasi va yapon tiliga ixtisoslashgan xonalarda bo'lishdi. Kafedra mudiri Elyor Matchonov va yaponiyalik professor Sugano Reyko ushbu tilni o'qitish jarayoni qay darajada olib borilayotgani haqida malumot berib o'tishdi.

Institutning etakchi mutaxassislaridan biri, kafedra mudiri Jumali SHabanov mehmonlarni talabalarga tanishtirdi. SHuningdek, tadbir davomida Mirzahakim To'xtamirzaev sharhlab borgan, Minori Satoning maydondagi harakatlaridan tuzib chiqilgan videorolik namoyish etildi.

SHundan so'ng “Bunyodkor”ning yaponiyalik futbolchisi talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

FUTBOL HAQIDA

- Nega aynan futbolchilikni tanlagansiz?

- Bolaligimdan futbolchi bo'lishni orzu qilganman. Bu yo'lda bolaligimdan mashg'ulotlar o'tkazishni boshlaganman. Hozirda ham tayyorgarligimni aslo so'ndirmaganman.

- Bolaligingizda qaysi futbolchiga havas qilgansiz?

- Yaponiyalik futbolchilardan Xidetoshi Nakataga, xorijliklardan esa braziliyalik Ronaldinoga. Hozirda esa Andres Inestaning o'yinlari yoqadi.

- Siz turli mamlakatlarda futbol o'ynagansiz. O'zbekiston chempionatining o'yin uslubi haqida nimalar deya olasiz?
- Har bir mamlakatning o'z jamoalari bor. Bir mamlakatning hamma jamoasi ham deyarli bir xil uslubda o'ynamaydi. Qisqa qilib aytganda, har bir murabbiyning o'z taktikasi bo'ladi. Agar O'zbekiston chempionati haqida umumiy gapiradigan bo'lsam, bu erda o'yin abjirlik va bosim o'tkazishga intiluvchanlikka qaratilgan.

- Siz qaysi top jamoaga muxlislik qilasiz va qaysi futbolchining o'yini yoqadi?

- “Barselona” ishqiboziman. Futbolchilardan Andres Inestaning harakatlaridan rohatlanaman.

- Mashg'ulotlarga kech qolib turasizmi?
- Mashg'ulotga kech qolish bu – jarima to'lash! SHunday ekan, kech qolmaslik kerak. Umuman, professional futbolchi o'z tartibiga ega bo'lishi kerak.

- Professional futbolchi bo'lish orzusidagi yoshlarga qanday maslahatlar berasiz?
- Hamma bilan bir xil shug'ullanayotganlar ko'plarning biri bo'ladi. Agar eng zo'ri bo'lishni istasang, shunga yarasha mehnat qilish kerak. Muvaffaqiyatga albatta og'ir mehnat orqali erishiladi.

“BUNYODKOR” HAQIDA

- “Bunyodkor” bilan shartnomangiz qachongacha tuzilgan? Yurtimizda yana qancha vaqt to'p tepmoqchisiz?

- Klub bilan kelishuvimiz 2016 yilgacha mo'ljallangan. Menga bu er juda yoqadi va faoliyatimni “Bunyodkor”da davom ettirishga qarshi emasman. Agar Evropadan yaxshiroq taklif tushsa, o'ylab ko'raman.

- Nimaga 9-raqamni tanlagansiz?
- Umuman olganda, menga 10-raqam yoqadi. Biroq jamoaga kelganimda 9-raqam bo'sh edi. O'ylashimcha, eng asosiysi raqam futbolchini emas, futbolchi raqamni mashhur qiladi.

- Siz yarim himoyachisiz. Lekin ko'proq hujumchilar o'z gollari bilan muxlislar og'ziga tushishadi. Siz oldingi chiziq vakili bo'lish haqida o'ylab ko'rmaganmisiz?
- Hozirgi paytda Sergey Lushan jamoaga uchta hujumchi taktikasini joriy qilgan. Bu esa o'z-o'zidan qiziqarli va hujumkor o'yin ko'rsatishni talab etadi. Maydonda hamma futbolchining o'z vazifasi bo'ladi. To'p tepayotgan ampluamizdan qati nazar har birimiz jamoa g'alabasi uchun kurashamiz.

- Toshkent derbisi haqida nimalar deya olasiz?
- Derdi – hamma joyda o'z nomi bilan derbi. “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalariga qarshi odatdagidan boshqacharoq tayyorlanamiz. Bunday ahamiyatli uchrashuvlardagi muvaffaqiyatlar yoqimli.

- “Bunyodkor” joriy yilgi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli boshlay olmadi – uch o'yinda atigi bir ochko. Bunga nima sabab, deb o'ylaysiz?

- Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Osiyo CHempionlar ligasida kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Ular ham g'alaba haqida o'ylashyapti. Lekin, shuni ham qo'shimcha qilishni istardimki, birinchi davrada bizdan omad ochiqchasiga yuz o'girdi. Oldinda yana uchta o'yin bor. Hammasini o'zgartirish imkoniyatiga egamiz.

FUTBOLDAN TASHQARIDA

- Bo'sh vaqtlaringizni qanday o'tkazasiz?

- Musiqa tinglayman, kitob o'qiyman, televizor ko'raman.

- Turli mamlakatlarda istiqomat qilgansiz. Qaysi millat qizlari chiroyliroq?

- Qiyin savol. Fikrimcha, (kulib) Belorussiya va Latviya qizlari ancha go'zal bo'lsa kerak. O'zbek qizlari ulardan aslo qolishmaydi.

- O'zbek taomlaridan qaysilarini yoqtirasiz?
- So'zsiz, osh!

- Berilgan savollar va boshqa mavzudagi suhbatlardan kelib chiqib, o'zbekistonlik talabalarning yapon tilini qay darajada o'zlashtirishayotganiga baho bera olasizmi?
- Hech qanday ikkilanishlarsiz ayta olamanki, o'zbekistonlik talabalar yapon tilida erkin suhbatlashishmoqda. Ushbu o'quv dargohida 250dan ziyod talabalarni yapon tilini o'rganayotganligi meni lol qoldirdi. Uchrashuvga taklif etgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Yana Sizlar bilan uchrashuvlarga tayyorman. Sizlarni “Bunyodkor” stadioniga va jamoamizning o'yin o'yinlariga taklif qilib qolaman.

Tadbir yakunida Minori Sato tadbirda ishtirok etganlar bilan fotosessiyada ishtirok etdi.

TAS-IX


TAS-IX emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика