So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Minor Sabalseta O'zbekiston mag'lubiyatining asosiy sababini aytdi Yangiliklar

Minor Sabalseta O'zbekiston mag'lubiyatining asosiy sababini aytdi

Futzal bo'yicha jahon chempionati "A" guruhi 3-turidan o'rin olgan Kosta-Rika - O'zbekiston (5:3) uchrashuvidan so'ng kosta-rikaliklar azosi Minor Sabalseta mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.

"O'zbekistonga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Hisobda ortda borayotganimizga qaramay, asosiysi, shijoatni yo'qotmadik va intilishda davom etdik. Natijada o'z matonatimizni namoyish etib, dastavval hisobni tenglashtirdik, so'ngra g'alaba to'pini kiritdik. Biz qoyilmaqom ishni uddaladik, yani pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Butun jamoa xursandchiligining cheki yo'q.

O'ylashimcha, O'zbekiston hissiyotlarga juda beriluvchan jamoa ekan. CHunki ular 3:2 hisobida oldinda borayotgandi. Biz hisobni tenglashtirgach, mezbonlarda sarosima yuzaga kela boshladi. Bu esa raqib darvozasi tomon yo'l topishimizda kalit vazifasini bajardi va biz yana ikkita gol urdik. 

Keyingi bosqichda qaysidir guruh g'olibi bilan to'qnash kelamiz. Albatta, bu bahs bizga etarlicha qiyinchilik tug'diradi. Ammo bugungi uchrashuvda bo'lgani kabi g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz", dedi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi.

Eslatib o'tamiz, Kosta-Rika "A" guruhida 3-o'rinni egallagan holda nimchorak final yo'llanmasi sohibiga aylandi. Lotin Amerikasi mamlakati nimchorak finalda "B" yoki "C" guruhi g'oliblaridan biriga qarshi maydonga tushadi. 


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика