Mino Rayola "Yuventus" rahbariyati bilan Pogbaning qaytishini muhokama qiladi
08 sen 2018 15:03
Yangiliklar
Mino Rayola "Yuventus" rahbariyati bilan Pogbaning qaytishini muhokama qiladi
Agent Mino Rayola "Yuventus" rahbarlari bilan uchrashadi.
Rayola "byankonerilar" rahbariyati bilan hujumchi Moyze Kinning kelajagini, shuningdek "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning ehtimoliy transferini muhokama qiladi.
Turin klubi 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da o'ynagan francuz uchun eshiklarini ochishga tayyor.
Pogba turinliklar safida 178ta o'yin o'tkazgan va 34ta gol urib, 43ta golli pas bergan.
2016 yilning yozida esa rekord 105 million evroga MYUga o'tgan edi.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" Pogba bilan shartnomani uzaytirishni keyinroqqa qoldirgani haqida malumotlar tarqalgan edi.
Fikrlar