Mino Rayola: "De Ligt "Yuventus" sardoriga aylanishi mumkin"
09 dek 2020 12:37
Yangiliklar


Mino Rayola: "De Ligt "Yuventus" sardoriga aylanishi mumkin"
Agent Mino Rayola himoyachi Matteys de Ligtni "Yuventus"ning kelajakdagi etakchisi sifatida ko'rmoqda.
"Men Matteysni Rembrant bilan taqqoslagan bo'lardim. Himoyachi kelajakda "Yuventus" sardori bo'lishi mumkin. "Barselona" va "Bavariya" u bilan shartnoma imzolashni xohlashgan edi, ammo Turinga o'tish ideal tanlov edi.
De Ligt eng kuchlilardan biriga aylanadi va "Oltin to'p"ni yutadi. Keyin esa yaxshi siyosiy kareraga ega bo'ladi", - deydi Rayola.
De Ligt joriy mavsum Italiya chempionati doirasida 3ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar