Mino Rayola: Balotelli mashinamni urib olganida jahlim chiqmagandi
01 okt 2016 08:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/222787_original.jpg)
![](/upload/storage/222787_220.jpg)
Mino Rayola: Balotelli mashinamni urib olganida jahlim chiqmagandi
Nicca hujumchisi Mario Balotellining agenti Mino Rayola o'z mijozidan hech qachon xafa bo'lmasligini aytib o'tdi.
Balotelli - fenomen, ammo Mario - bu Mario. Balotellini ajoyib oila boqib olgan, ammo irqchilikka to'la shaharda yashagan. Uning yoshligi og'ir o'tgan.
Agar Balotelli Zlatanga o'xshaganida to'rtta Oltin to'pni olgan bo'lardi. Mario – ahmoq, ammo barchasini kechiraman, sababi u ajoyib yigit.
Bir kun u mening Bentli mashinamni haydab ko'rishni so'ragandi. Men agar Marselga ikkita gol ursang gaplashamiz dedim. Keyinchalik qo'ng'iroq bo'ldi: Mino! Kalitlar! Ikkita gol urdim
Vadamni bajardim. Balotelli ko'chada to'singa borib urildi. Menga qo'ng'iroq qilib xafa ovozda shunday degandi: Mino, kechir… Uni kechirdim. Mariodan xafa bo'lolmayman, - deydi Rayola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar