So’nggi yangiliklar

22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10

Minbarda "Metallurg" klubi matbuot kotibi: Komiljon Jumaev Yangiliklar

Minbarda "Metallurg" klubi matbuot kotibi: Komiljon Jumaev

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

Komiljon Jumaev, "Metallurg"  matbuot  xizmati boshlig'i:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?

2013 yilning aprel oyida klubga taklif etishgan. SHundan buyon “Metallurg” futbol klubida faoliyat yuritib kelayapman.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

Matbuot xizmati ikki kishidan iborat. Men va jamoa tasvirchisi.

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

SHartnomaga binoan moliyaviy bandlar oshkor etilmaydi. Yaratilgan sharoitlar esa klubning mavqeiga mos.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter)qay darajada yoritib boriladi?

Feysbukda sahifamiz bor. Qolgan ijtimoiy tarmoqlarda ham tez orada faol qatnashish harakatidamiz.

5.Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

Yo'q. Muhimi vaqt va imkoniyat topishda.

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

Yo'q.

7. Mukofot puli olasizmi?

Bu savolga yuqorida javob qaytardim.

8. Jamoa bilan xorij yig'inida ishtirok etasizmi?

Hozircha bunga muvaffaq bo'lmadim. Klub o'tgan yili Turkida yig'in o'tkazgandi. Bu yilgi mavsumga esa mamlakatimizda tayyorgarlik ko'rdik.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

Bor.

10.  Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?


Matbuot xodimlari uchun alohida o'rindiqlar ajratilgan. Ammo jurnalistlarga yaratilgan qulayliklar borasida maqtana olmaymiz.

11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

Barcha hamkasblarimning mehnatini qadrlayman. Matbuot kotiblariga yaratilgan sharoitlar klublarning maveqeiga mos deb o'ylayman. Top klublarimizda ishlar yaxshi yo'lga qo'yilgan. 


P.S. Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика