So’nggi yangiliklar

09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  89 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  0 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  3 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  4 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  3 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  46 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  9 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  5 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  17

Minbarda "Bunyodkor" PFK matbuot kotibi: Bahodir Mirzaev Yangiliklar

Minbarda "Bunyodkor" PFK matbuot kotibi: Bahodir Mirzaev

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.


Bahodir Mirzaev, “Bunyodkor”  matbuot  xizmati  xodimi:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?

- “Bunyodkor” futbol klubiga jamoaning o'sha paytdagi bosh direktori Bahodir Usmonov taklif etgandi. Bu klubda 2007 yildan beri faoliyat yuritib kelaman.


2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

- Bizda jami 4 kishi faoliyat yuritadi. Mirzahakim To'xtamirzaev matbuot xizmatimizga raxbarlik qiladi. SHuningdek ikkita videooperatorimiz bor. Ularning biri asosiy va yoshlar jamoasi bilan ishlasa, ikkinchisi futzal, ayollar va futbol maktabimiz jamoalari o'yinlarini tasvirga tushiradi.


3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

- Maoshim qancha ekanligini ayta olmayman. Mehnat shartnomamda bu jihat sir tutilgan. Matbuot xizmatimiz uchun yaratilgan sharoitlar kelsak, hamma narsa muxayyo - faqat ishlash kerak. Klubimiz raxbariyati matbuotga jiddiy etibor qaratadi.


4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

- Albatta! “Bunyodkor” mamlakatimizda birinchilardan bo'lib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ochgan. Bugungi kunda bizning instagram, tvitter va feysbukdagi sahifalarimiz foydalanuvchilari yurtimiz klublari ichida eng katta auditoriyaga ega hisoblanadi.


5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

- Aslo yo'q! CHunki jamoa bilan doimo birgaman.



6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

- Murabbiy va futbolchilar qanday kiyinsa, xuddi shunday kiyimlarga ega bo'laman.


7. Mukofot puli olasizmi?

- Bu savolga yuqorida javob berdim.


8. Jamoa bilan xorij yig'inida ishtirok etasizmi?

- Yig'inlarda ishtirok etaman. Masalan, jamoa Dubayda shug'ullanayotgan mahalda klub ofisida mavsumoldi rejalar bo'yicha ish qaynagan bo'lishi mumkin. SHunday hollarda jamoa bilan masofadan turib, internet orqali aloqada bo'laman. Lekin muntazam ravishda jamoa ichida matbuot xizmatidan hech yo'g'i bitta operatorimiz albatta bo'ladi.


9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

- “Bunyodkor” avtobusida o'z joyim bor: chap tomondagi 3-qatorning 1-joyi.


10.  Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

- Ishlash uchun hech qanday muammo yo'q. Masalan, OAV vakillari o'yindan bir necha soat avval kelib, uchrashuvlardan yarim tungacha ishlashlari mumkin. Media markazimizda 15dan ziyod internetga ulangan kompyuterlar jurnalistlarga xizmat qilish uchun shay holatda turadi. SHuningdek, o'zlari bilan noutbuk olib kelgan jurnalistlar bemalol simsiz internet tizimizdan foydalanishlari mumkin. SHuningdek, nushako'paytirish uskunasi ham ular uchun xizmat qiladi. Qolaversa, media tribuna va miks-hudud ham OAV vakillari uchun qulay xolatda yaratilgan.


11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

- Yurtimizda hamma klublarning matbuot kotiblari bilan munosabatim yaxshi. SHu bois hamkasblarimning barchalarini mehnatlarini qadrlayman. Lekin “Neftchi” matbuot kotibiga bazi jihatlarda havas qilaman.



P.S. Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика