Mina va Gomesh qachon debyut qilishi malum bo'ldi
18 okt 2018 23:58
Yangiliklar
Mina va Gomesh qachon debyut qilishi malum bo'ldi
"Everton" futbolchilari Yerri Mina va Andre Gomesh jarohatdan tuzalib, sayga qaytdi.
Ular yozgi transferlar oynasining so'nggi pallalarida "Barselona"dan transfer qilingandi. Biroq shu vaqtgacha ular asosiy tarkibda maydonga tushishmadi.
Mina jahon chempionatida jarohat olgandi. U endigina jarohatidan qutulganida mashg'ulotlarda yana jarohatlandi. Gomesh esa "Barselona"ning mavsumoldi yig'inlarida jarohatlangandi.
Ikki futbolchi ham APLning 9-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishlari kutilmoqda.
Fikrlar