So’nggi yangiliklar

14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3

Milovan Rayevac: "O'zbekiston kuchli raqib ekanligini bugun isbotladi" Yangiliklar

Milovan Rayevac: "O'zbekiston kuchli raqib ekanligini bugun isbotladi"

O'zbekiston - Tailand uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Milovan Rayevac o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz bu o'yinga bir hafta davomida tayyorgarlik ko'rdik. O'rtoqlik uchrashuvidan oldin o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazdik. O'zbekiston kuchli jamoa, ular bugun buni namoyish etishdi. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Bizda birinchi taymda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Gollarga keladigan bo'lsak, bu golni oldini olishimiz mumkin edi. Ammo xatodan so'ng gol o'tkazdik. Ikkinchi gol esa sanat namunasi bo'ldi, bu gol bilan barcha ishqibozlarni tabriklayman. O'zbekistonni g'alaba bilan muborakbod etaman, biz esa BAA bilan o'yinga etiborimizni qaratamiz, - deydi Rayevac.

- BAA bilan o'yinda bugun maydonga tushganlardan kimlarni maydonga tushirmoqchisiz?

- Ko'ramiz. Bugungi bahsda bazi futbolchilarni qayd etib qo'ydik. Uchrashuvga yaqin bir qarorga kelamiz. 

- "Muangtong Yunayted" klubi azolari terma jamoada yo'q edi. Ular BAA bilan o'yinga jamoaga qo'shilishadimi?
- Albatta. Bu klub vakillari terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilishadi va BAAga qarshi bahsga bizga yordam berishadi.

- Bugungi o'yinda oldingizga qo'ygan barcha rejalarni bajara oldingizmi?
- Yo'q. Tushunarliki mag'lub bo'lgan o'yinda buni ilojisi yo'q.

- Tailand yarim kuch bilan o'ynadimi yoki to'liq kuch bilanmi?

- Bu savolga javob berish qiyin. Sababi "Muangtong Yunayted" va yana ikki futbolchining tarkibimizga qo'shilishi kechikdi. SHu bois bugungi bahs bilan umumiy kuchimizga baho berish qiyin.

- Tailand FA sizni taklif etganidan so'ng oldingizga qanday vazifa qo'ydi?
- Asosiy maqsadimiz yangi jamoa qurish. Keyingi Jahon va Osiyo chempionatlari saralashlari uchun yangi jamoa qurish asosiy maqsad. Terma jamoani tubdan isloh qilish ishlari olib borilmoqda. Agar bugun yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanganimizda durangga erishishimiz ham mumkin edi.


Narzulla Saydullaev


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика