Milorad Majich Rossiyada ish boshlashi mumkin
24 apr 2023 13:32
Yangiliklar
Milorad Majich Rossiyada ish boshlashi mumkin
Serbiyalik sobiq hakam Milorad Majich RFS hakamlar departamenti rahbari etib tayinlanishi mumkin.
Rossiya futbol ittifoqi bosslari mahalliy mutaxassislar ichida yangi kadrlarni tayyorlash, faoliyat olib borayotgan hakamlar faoliyatini yaxshilash, soha metodologiyasi bilan shug'ullana oladigan munosib nomzod yo'q, deb hisoblaydi. RPL uchrashuvlaridagi xatolar rus futboli imidjiga salbiy tasir ko'rsatayotgani takidlanmoqda.
Majich bu lavozimga yagona nomzod emas, lekin u xorijlik bo'lishi deyarli aniq. Pavel Kamancev hakamlar qo'mitasi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Kadrlar almashinuvi bo'yicha o'zgarishlar mavsumlar oralig'ida yuz berishi mumkin.
Fikrlar