Miloe Prekovich: "Dinamo" kamida durangga munosib edi"
01 apr 2022 10:04
Yangiliklar


Miloe Prekovich: "Dinamo" kamida durangga munosib edi"
Toshkentda kechgan "Bunyodkor" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar posboni Miloe Prekovich fikrlarini bildirib o'tdi.
Serbiyalik posbon shu kuni Ibrohim Tomivaning penaltisini qaytarish bilan birga muqarrar vaziyatlarda goldan qutqarib qoldi.
"Superligada oson o'yin yo'q. Bunday o'yinlarda har bir vaziyatdan samara chiqarish lozim. Aks holda raqib jazolab ketishi hech gap emas. O'ylaymanki, kamida durangga munosib edik. Har holda yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Agar chetlatish bo'lmaganida, balki o'yinni o'z foydamizga hal qilishimiz mumkin edi.
Penaltini qaytarganim, o'yindagi seyvlar hech narsani anglatmaydi. CHunki jamoa mag'lubiyatga uchradi. Hali juda ko'p ishlashimiz kerak. Yosh futbolchilarimizga tajriba etishmadi. Tajriba shunday o'yinlarda orttiriladi", - deydi Prekovich.
O’xshash yangiliklar
23:40
Tarixga nazar. O'zbekiston terma jamoasi mag'lub bo'lgan penaltilar seriyasini yodga olamiz 11
20:27
O'zPFL 4 klubning U21 jamoasi uchun maydonini qabul qilmadi, 1-turdagi 1 o'yin o'tkazilmaydi 4

Fikrlar