Milner: "Agarda bu haqida kino olishsa, albatta, bunga ishonmasdingiz"
26 apr 2020 10:56
Yangiliklar
Milner: "Agarda bu haqida kino olishsa, albatta, bunga ishonmasdingiz"
So'nggi tur oldidan "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" hisobida bir xil ochko bor edi, biroq "shaharliklar" gollar farqi evaziga 1-o'rinda bo'lib turgandi. Oxirgi o'yinda "Siti" o'z maydonida KPR jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Keyinchalik jamoa 90+2 va 90+4-daqiqalarda gol urib, APL sovrinini qo'lga kiritgandi.
"Bu ajoyib bo'lgandi. Tarkibimizda yangilar juda ko'p edi, shu boisdan "Siti"ning tezda bunday darajaga chiqib olishini hech kim kutmagandi.
Angliya Kubogidagi g'oliblik bizga ishonch taqdim qilgandi va jamoa APL sovrinini ham qo'lga kiritishga ishonayotgandi. Agarda ushbu o'yinning yakuni haqida film suratga olishsa: "Bu hech nima emas, hayotda bunaqasi bo'lmaydi", deyishingiz mumkin. Bunday g'alabalar uzoq yillar yodda qoladi", - dedi Milner.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar