Milliy terma jamoaning Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarini kimlar boshqarishi aniq
24 sen 20:20
Yangiliklar
Milliy terma jamoaning Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarini kimlar boshqarishi aniq
Eron va BAAga qarshi uchrashuvlar uchun hakamlar malum bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishidan xabaringiz bor.
O'zbekiston – Eron uchrashuvini avstraliyalik SHon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jon Elder, VARda esa Jorj King ishlaydi.
SHuningdek, O'zbekiston – BAA uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang CHeng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Vang Di, VAR hakami esa Fu Ming.
Fikrlar
Аббосга купрок вакт имконият берилса яхши буларди Остон хам бор кучини курсатадиган вакт келди Химоямизда муаммолар бор