Milliy terma jamoamiz “Ufa” bilan durang o'ynadi
21 iyu 2016 00:34
Yangiliklar
Milliy terma jamoamiz “Ufa” bilan durang o'ynadi
Bellashuvda hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Stockiy milliy terma jamoamiz jarima maydonchasiga kirib, jamoadoshi Marsinoni to'p bilan taminladi. Braziliyalik futbolchiga darvozani ishg'ol qilish uchun to'p yo'nalishini o'zgartirish etarli bo'ldi.
Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, futbolchilarimiz raqib darvozasini ketma-ket ikki bor ishg'ol qildi. Avvaliga SHomurodov burchak to'pidan keyin hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib, Iskanderov uzoq masofadan “Ufa” darvozasini nishonga oldi.
Ikkinchi bo'lim raqibning hujumlari bilan boshlandi. Bu 59-daqiqada penalti bilan yakunlandi. Nuqtaga yaqinlashgan Marsino o'z dublini nishonlab, uchrashuvga nuqta qo'ygan golga mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamiz bugun Avstriya yig'inini yakunlab, yurtimizga qaytib keladi va 24 iyul kuni “Bunyodkor” stadionida Iroqqa qarshi maydonga tushadi.
NAZORAT UCHRASHUVI
“UFA” (Rossiya, Ufa) – O'ZBEKISTON – 2:2 (1:2)
20 iyul. Avstriya. Mayrxofen
“Ufa”: SHeliya, Stockiy, Tumasyan (Nikitin, 70), Vasin, Safronidi (Suxov, 70), Oblyakov (Slay, 70), Bezdenejnix (Batyutin, 70), Vanek (Zaseev, 70), Marsino (Zubarev, 70), Krotov (Sisuev, 70), Diego.
O'zbekiston: Nesterov, Tojiev, Merzlyakov, SHorahmedov, Iskanderov, Sohibov, SHukurov, Andreev, Ahmedov, Karimov, SHomurodov.
Gollar: Marsino, 2 - 1:0. SHomurodov, 19 - 1:1. Iskanderov, 21 - 1:2. Marsino, 59 – 2:2.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar