So’nggi yangiliklar

16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  1 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  1 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  25 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  7

Milliy terma jamoaga bosh murabbiy qanchalik tez kerak? Yangiliklar

Milliy terma jamoaga bosh murabbiy qanchalik tez kerak?

O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy qachon olib kelinadi? Hozir ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol shu.

Tushunaman, bu jarayonni hamma sabrsizlik bilan kutib turibdi. Biroq men aynan hozir kerak, deb turib olishni istamasdim. Menga qachon kelishi emas, qanday murabbiy kelishi muhimroq. CHunki oldinda O'zbekiston termasini hech qanday jiddiy o'yin kutmayapti.

Karlush Keyrush?

Agar O'FA Keyrushni ko'ndira olsa, u ayni vaqtda O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun eng munosib nomzod. Birinchidan, Osiyo futbolini yaxshi biladi. Ikkinchidan, O'zbekiston futbolini yaxshi biladi. Uchinchidan, mundialga qanday qilib borishni biladi. Ortiqcha gapga hojat yo'q.

Ko'pchilikda hadik bor, hazilaralash bo'lsa-da, Ravshan Haydarov yoki Mirko Yelichich bosh murabbiy bo'lib qolmasin-da deb qo'yayotganlarni topish qiyin emas. Biri natija ko'rsatdi, ikkinchisi natija ko'rsatayotgan xorijlik mutaxassis. Ammo O'FA g'irrom o'yin qilmoqchi emas. Yaxshi natija uchun millionlarni ayamayotgan tashkilot chindan ham top mutaxassisni olib keladi, bunga to'la ishonaman. Biroq hammasi ham biz o'ylaganchalik oson emas.

Nega?

Aytaylik, O'zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin bo'lgan mutaxassis mundialda ishtirok etadi. FIFA yo'riqnomasiga ko'ra, har qanday futbolchi va murabbiy shartnomasi yakuniga yarim yil qolganida o'ziga bo'layotgan takliflarni o'rganib chiqishga va muzokara olib borishga haqli. Umid Ahmadjonov ishonch bilan gapirayotganidan malumki, muzokara allaqachon boshlangan. Murabbiylar esa asosan JCH yakuniga qadar shartnoma imzolagan bo'ladi. Mundialga yarim yil qolgani inobatga olinsa, demak, hammasi to'g'ri yo'lda.

Biroq katta musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan murabbiy uchun ortiqcha gap-so'zlar kerak bo'lmaydi. Nima demoqchiman, muzokara o'tkazayotgan tomon katta ehtimol bilan O'FAdan hech narsani elon qilmay turishni so'raydi. Bu bilan u ayni vaqtdagi jamoasi fikrini bo'lib qo'ymaydi, o'zi faoliyat olib borayotgan mamlakat matbuotiga mavzu topib bermaydi va mundialga bemalol tayyorgarlik ko'radi. SHundan kelib chiqilsa, O'FAni shoshirish ham u qadar to'g'ri bo'lmaydi. CHunki tashkilot o'sha nomzodni olib kelishga chindan ham ahd qilgan bo'lsa, uning shartlariga ko'nishga majburdir. Mana shunday paytda Evro—2016 vaqtidagi Italiya termasi va Antonio Konte yodga tushadi. Biz o'shandayoq murabbiyning keyingi manzili "CHelsi" ekani haqida bilib bo'lgandik. Yani, musobaqa boshlangach, hech nimani yashirishga hojat qolmaydi. Balki bizda ham shunday bo'lar...

Ko'rsatilgan nomzodlar-chi?

Bizga taqdim etilgan 9 nafar nomzod varianti chindan ham o'rganib chiqilgan. O'zbekiston va Osiyo futboli haqidagi tasavvurlaridan tortib, maqsadi-yu, qancha maosh olishni istashigacha ko'rilgan. Bu oddiy bir jarayon, unga jiddiy etibor berish shart emas. Muhimi — O'FA o'zi uchun kerakli kadrni topa olganida. Bosh rolga kim ravo ko'rilayotgani aniq, u rasman elon qilinmayotgan bo'lsa-da, tayyorgarlik ishlarigina qolgan. Biz esa yaxshi film treylerini kutishga majburmiz. Syomka jarayonlari qanday bo'lgani haqida JCH vaqtida yoki undan keyin bilarmiz balki.

Ungacha terma nima qiladi?

O'FA 2018 yildan boshlab mamlakat bosh jamoasiga boshqacha etiborda bo'ladi. Mundialga tayyorgarlik ko'rayotgan ikki terma jamoaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari allaqachon kelishib qo'yilgani ham shundan dalolat beradi. 27 mart kuni milliy terma Marokashda saf tortsa, 18 may kuni Tehronda Eron mehmoni bo'ladi. Mendagi norasmiy malumotlarga ko'ra, yil yakuniga qadar yana 2 ta top terma jamoaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkaziladi. SHuning o'ziyoq oldinga qadam demakdir.

Murabbiy masalasida esa katta muammo ko'rayotganim yo'q. Gap Ro'ziqul Berdievning yana olib kelinishi yoki boshqa masalada bormayapti. Bizga nomini aytishga shoshilmayotgan mutaxassis katta ehtimol bilan mart oyining birinchi dekadasiga qadar yordamchilarini Toshkentga yuboradi. Yani, jarayon boshlanadi. Jahon CHempionati yakuniga etgachgina, barchasi jiddiy tus oladi va biz kutayotgan murabbiyning o'zi etib keladi. Bunda qandaydir g'alatilik ko'rayotganim yo'q. Aksincha, O'FA faqatgina ishsiz yurgan kimlar bilandir aloqa o'rnatmay, oldida jiddiy vazifalari bor mutaxassisga chindan ham chiqish qilgan bo'lsa, buni olqishlash kerak. Aslida professional ish shunday bo'ladi. Bu duch kelgan kimnidir olib kelib, masuliyatni soqit qilish emas, bu aynan tanlab olingan kishini ko'ndirish uchun bor imkoniyatni safarbar qilishdir.

Yordamchilar esa O'zbekiston futboli haqida tinimsiz malumot to'playdi va ehtimoliy bosh murabbiy bilan aloqada bo'ladi. Yani, mamlakat futbolini tag-tomiri bilan o'rganish jarayoni boshlanadi va shuning o'ziyoq oldinga qadamdek ko'rinadi. Menimcha, Keyrushga ham, Osiyo futbolini yaxshi bilgan boshqa mutaxassisga ham O'zbekiston varianti ancha qiziq bo'ladi.

Muhimi, tepadagilarning ham el qatori oldingi munosabatdan hafsalasi pir bo'lgan. Hozircha faqat yaxshisidan umid qilib turibman. Balki shunga ham shoshilmayotgandirman.

Muallif :
Reyting: +119   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика