So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Milliy terma jamoa Toshkentda yig'inga kirishdi Yangiliklar

Milliy terma jamoa Toshkentda yig'inga kirishdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi so'nggi ikki o'yinidan oldingi yig'inga kirishdi.

Takidlash joiz, ayni damda terma jamoa yig'iniga chaqirilgan futbolchilar Toshkentga etib kelishdi. Faqatgina Rossiya chempionatida to'p surayotgan Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), shuningdek, kecha o'z jamoasi "Al Jaish" safida Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi o'yinida "Nasaf"ga qarshi maydonga tushgan Sardor Rashidov yig'inga keyinroq kelib qo'shiladilar. Qolgan barcha futbolchilar Toshkentdagi yig'inda terma jamoa safiga kelib qo'shilishdi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan mazkur yig'inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini avvalroq elon qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o'tkazib, 15 ochko to'plagan holda guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg'argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati 2018, ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so'nggi ikki o'yinni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining 24 mart kuni bo'lib o'tadigan Filippinga qarshi uchrashuvi ham, Bahraynga qarshi 29 mart kuni bo'ladigan o'yin ham 18:00da start oladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика