Milliy terma jamoa 1 oktyabr kuni yig'inni boshlaydi
28 sen 2015 18:35
Yangiliklar
Milliy terma jamoa 1 oktyabr kuni yig'inni boshlaydi
Milliy terma jamoa 1 oktyabr kuni Toshkentda yig'inga kiradi va oktyabrning 6-sanasigacha mashg'ulot o'tkazadi. 6 oktyabr kuni charter reysi bilan Manamaga uchib ketiladi.
Bahrayn-O'zbekiston uchrashuvi 8 okyatbr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Milliy terma jamoa delegaciyasi 9 oktyabr kuni Toshkentga qaytadi. Bahrayn “N” saralash guruhida 3 o'yindan keyin 3 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi esa 3 ta o'yinda 6 ochko jamg'arib, guruhda to'plar nisbati va o'zaro o'yinlardagi yaxshi natija sababli 6 ochko jamg'argan Filippin terma jamoasini ortda qoldirgan holda 2-o'rinni egallab turibdi.
3 ta o'yinda 9 ochko to'plab, 100 foizlik ko'rsatkich bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan SHimoliy Koreya bu turni o'z uyida Filippin terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar