Milliy terma jamoaning JAR stadionidagi mashg'ulotlaridan fotogalereya
11 noy 2013 21:43
Yangiliklar


Milliy terma jamoaning JAR stadionidagi mashg'ulotlaridan fotogalereya
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Vetnam va Gongkongga qarshi OK saralash o'yinlaridan oldin 10 noyabr kuni Toshkentda mashg'ulotlarga kirishgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Milliy terma jamoa delegaciyasi esa 12 noyabr, seshanba kuni kechasi Janubiy Koreya orqali Vetnamga uchib ketadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Xanoida Vetnamga qarshi, 19 noyabr kuni esa safarda Gonkongga qarshi OK-2015 saralashi uchrashuvlarida maydonga tushadi. Qosimov shogirdlari ayni damda saralashning E guruhida 4 ochko bilan 2 o'rinda borayotgan bo'lsa, uch o'yinda uchta g'alabaga erishgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Quyida O'zbekiston terma jamoasining 11 noyabr kungi mashg'ulotlaridan fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin. Suratlar muallifi O'FF matbuot xizmati hodimi Hasan Pirmuhamedov.

Fikrlar