Milliy terma jamoa Vetnam poytaxtiga etib bordi
13 noy 2013 15:46
Yangiliklar

Milliy terma jamoa Vetnam poytaxtiga etib bordi
OK-2015 saralashi 4-tur uchrashuvida safarda Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Vetnam poytaxti Xanoi shahriga etib bordi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda Vetnam poytaxti Xanoidagi Crowne Plaza mehmonxonasiga joylashgan. 13 noyabr kuni Qosimov shogirdlari Xanoida o'zining ilk mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Takidlash joiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi avval xabar berilganidek 23 nafar emas, 22 nafar futbolchi bilan Vetnam poytaxtiga jo'nab ketgan. Toshkentning Paxtakor klubi himoyachisi Vladimir Kozak jarohati tufayli Toshkentga qolgan. Milliy terma jamoa sardori Server Jeparov esa, bugun Xanoida milliy terma jamoa safiga borib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Xanoida Vetnamga qarshi, 19 noyabr kuni esa safarda Gonkongga qarshi OK-2015 saralashi uchrashuvlarida maydonga tushadi. Qosimov shogirdlari ayni damda saralashning E guruhida 4 ochko bilan 2 o'rinda borayotgan bo'lsa, uch o'yinda uchta g'alabaga erishgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar