Milliy terma jamoa 6 yanvar kuni Malayziya chempioniga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
25 dek 2014 11:37
Yangiliklar

Milliy terma jamoa 6 yanvar kuni Malayziya chempioniga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 yanvar kuni Sidney shahrida Malayziyaning Joxor Darul Tazim klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Mazkur uchrashuv Mirjalol Qosimov jamoasi uchun Osiyo Kubogi bahslaridan oldingi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi. O'yin Sidney shahridagi Markoni stadionida bo'lib o'tadi. Malumot o'rnida, Darul Tazim klubi yakuniga etgan Malayziya chempionati g'olibi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi bungacha 25 va 28 dekabr kunlari BAAning SHarja shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi va 29 dekabr kuni Toshkentga qaytib keladi. Milliy terma jamoa delegaciyasi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun 3 yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahriga jo'nab ketadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
6 yanvar. Sidney. Avstraliya.
O'zbekiston - Darul Tazim

Fikrlar