Milliarder Geyts Premer-liga klubi egasiga aylanishi mumkin edi
09 fev 2017 12:51
Yangiliklar
Milliarder Geyts Premer-liga klubi egasiga aylanishi mumkin edi
Amerikalik millarder Bill Geyts "Liverpul" egasiga aylanishi mumkin edi, ammo Microsoft asoschisi ushbu loyihaga qiziqish bildirmadi.
2010 yilda qarzlarni yopa olmay ingliz klubini sotib yuborgan amerikalik tadbirkorlar Tom Xiks va Jorj Jillet 2007 yilda "Liverpul"ni sotib olgan edi.
Barclays Capital ushbu klubga xaridor topishi kerak bo'lgan. Mill Financial and Gillet va SHotlandiya Qirollik banki kompaniyalari o'rtasidagi sud ishida Geyts taxminiy xaridorlardan biri bo'lishi mumkinligi oshkor etilgan. Ammo Bill Geyts Barclays so'roviga javob bermadi.
Fikrlar