So’nggi yangiliklar

11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  1 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  24 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  15 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  19 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  12 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  16 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  38 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6

Millatlar ligasi. Torresning dubli Italiyaning mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'ydi Yangiliklar

Millatlar ligasi. Torresning dubli Italiyaning mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'ydi

Teglar :  Italiya Ispaniya
Millatlar ligasining dastlabki yarim finalida Italiya - Ispaniya bellashuvi bo'lib o'tdi.

Italiya – Ispaniya 1:2
"Juzeppe Meacca (San-Siro)" stadioni

Gollar: 0:1 – 17 Ferran Torres, 0:2 – 45 Ferran Torres, 1:2 – 83 Pellegrini.

Italiya – Donnarumma, Emerson, Di Lorenco, Bastoni, Bonuchchi, Bernardeski (Kellini, 46), Jorjino (Pellegrini, 64), Insine (Kin, 58), Verratti (Lokatelli, 58), Keza, Barella (Kalabriya, 72).

Ispaniya – Unai Simon, Alonso, Laport, Aspilikueta, Pau Torres, Sarabiya (Xil, 75), Koke (Merino, 75), Ferran Torres (Pino, 49), Buskets, Oyarsabal, Gavi (Serdji Roberto, 83).

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (30), Aspilikueta (45), Sarabiya (65), Pino (71), Lokatelli (81), Oyarsabal (89).

CHetlatish: Bonuchchi (42).


Italy

Lorenzo Pellegrini - 83'

UEFA Nations League A Championship Playoff . Semi Finals-tur

06/10/2021, 23:50

2
:
1
Tugadi

Spain

Ferran Torres - 17', Ferran Torres - 45'

Stadion: San Siro, 33524 tomoshabin

Bosh hakam: Sergei Karasev

45'
90'
30'  Leonardo Bonucci
42'  Leonardo Bonucci
46'  Federico Bernardeschi (Giorgio Chiellini)
58'  Lorenzo Insigne (Moise Kean)
58'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
64'  Jorginho (Lorenzo Pellegrini)
72'  Nicolo Barella (Davide Calabria)
82'  Manuel Locatelli
83'  Lorenzo Pellegrini
83'  Federico Chiesa
17'  Ferran Torres
17'  Mikel Oyarzabal
45'  Cesar Azpilicueta
45'  Ferran Torres
45'  Mikel Oyarzabal
49'  Ferran Torres (Yeremi Pino)
65'  Pablo Sarabia
71'  Yeremi Pino
75'  Koke (Mikel Merino)
75'  Pablo Sarabia (Bryan Gil)
84'  Gavi (Sergi Roberto)
89'  Mikel Oyarzabal


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Ikkinchi finalchi nomi ertaga (bugun, yani 7 oktyabrdan 8 oktyabrga o'tar kechasi) tunda aniq bo'ladi. Maydonda Franciya va Belgiya termalari to'qnash keladi.  

Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi, Ispaniya finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi, Italiyaning mag'lubiyatsiz seriyasiga ham "Skuadra Adzurra"ning uyida nuqta qo'yildi.   

O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Keza qanchalik intilmasin, Unai Simon chaqqonroq harakat qilib, to'pni ilib ketdi. 

90+6-daqiqa. Uzatma ko'ngildagidek chiqmadi va himoyalanayotganlar to'pni uzoqlashtirishdi. 

90+5-daqiqa. Hakam himoyachi qoidani buzgan deb hisobladi va mezbonlarga imkoniyat berdi. 

90+4-daqiqa. Moyze Kin va Emerik Lyaport to'qnashib maydonda yotibdi. 

90+2-daqiqa. Brayan Xil qulay nuqtada zarbani amalga oshirishni cho'zib yubordi va keyin himoyachi unga halaqit qilib qoldi.  

90+1-daqiqa. Oyarsabal kurashda Kelliniga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Ogohlantirish! Mikel Oyarsabal qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

87-daqiqa. Ispaniyalik muxlislarning kayfiyati chog'. Ular bayramni boshlab yuborishganiga ancha bo'ldi.

Oxirgi daqiqalarda endi mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun yanada katta kuch va ishtiyoq bilan harakat qilishadi.

83-daqiqa. GOOOOOOL! Italiya kamchilikda farqni qisqartirdi. Ispanlarning hujumi raqibning qarshi hujumiga aylanib ketdi va Kezaning harakatlari evaziga Pellegrini bo'sh qolgan darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz ishg'ol qildi.  

81-daqiqa. Ogohlantirish! Lokatelli maydon markazidagi qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

78-daqiqa. Yeremi Pinodan ajoyib harakatlar va uzatma, biroq Markos Alonsoning zarbasidan keyin Donnarumma jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

75-daqiqa. O'zgarishlar! Koke va Pablo Sarabiya o'rniga Migel Merino hamda Brayan Xil maydonga tushdi.  

74-daqiqa. Italiyaning hujumi ko'ngildagidek yakun topmadi. 

72-daqiqa. O'zgarish! Nikolo Barella o'rniga Kalabriya maydonga tushirildi. 

71-daqiqa. Ogohlantirish! Yeremi Pino agressiv harakatlari uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. 

68-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich foiz hisobida 32 - 68.

65-daqiqa. Ogohlantirish! Pablo Sarabiya oyog'ini juda baland ko'tarib, kurashda raqibga xavf tug'dirgani uchun ogohlantirildi.   

64-daqiqa. O'zgarish! Jorjino o'rnini Lorenco Pellegriniga bo'shatib berdi. 

63-daqiqa. Hozir Oyarsabal o'yinga yakuniy nuqtani qo'yib qo'yishi mumkin edi. Biroq Mina uzatgan to'pni "Sosedad" sardori darvozaga aniq yo'llay bilmadi. 

62-daqiqa. Yana fol! Bu safar Lokatelli Busketsning oyog'iga zarba berdi.  

Vaziyat boshida Federiko Keza o'yindan tashqari holatda bo'lgani malum qilindi. 

61-daqiqa. Keza tezlikda oldinga qarab bordi va zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

60-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Kin to'p uchun kurashda Aspilikuetaga nisbatan qo'pol o'ynadi. O'yin to'xtatildi.  

Kellini jamoadoshlarini "uyg'otishga", ruhlantirishga urinmoqda. 

58-daqiqa. O'zgarishlar! Lorenco Insine va Veratti ketdi, ularning o'rniga Lokatelli va Moyze Kin o'yinga qo'shildi. 

57-daqiqa. Luis Enrike shogirdlari yana bir bor zarba berishga imkon yarata olishdi, lekin to'p yo'liga Kellini to'g'anoq bo'ldi. 

55-daqiqa. Mehmonlar burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi.

54-daqiqa. Ispaniya bir kishi ko'p bo'lib qolgach, to'pga egalik qilishi yanada osonlashdi va endi 2-3 daqiqadan buyon to'pni raqibga deyarli bermayapti. 

50-daqiqa. Gavi uzatmada biroz adashdi, aks holda ancha xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

49-daqiqa. O'zgarish! Dubl muallifi Ferran Torres o'rniga Eremi Pino o'yinga qo'shildi

O'zgarish! Tanaffusda Italiya ustozi Manchini o'zgarishni amalga oshirgan. Federiko Bernardeski o'z o'rnini Jorjo Kelliniga bo'shatib bergan.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ayni shu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

Darvoqe, Oyarsabalda ham "dubl", faqat golli uzatma bo'yicha.

45+2-daqiqa. GOOOOOOL! Ferran Torresdan dubl! Qaerlaridir birinchisiga o'xshab ketgan gol, chaproqdan uzatma va joyni to'g'ri tanlay olgan Ferran Torres yana baland sakrab, to'pni darvoza burchagiga yo'lladi.   

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Ogohlantirish! Sesar Aspilikueta qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.  

42-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Hakam futbolchi raqib tomon atayin tirsagi bilan harakat qilgani uchun sariq kartochka ko'rsatdi va u qizilga aylandi. 

41-daqiqa. BONUCHCHI! Sariq kartochkasi bor himoyachi Busketsga nisbatan qo'pol o'ynadi. Veratti va qolgan futbolchilar hakamni tinchlantirishga urinmoqda.  

39-daqiqa. To'p nazorati yana ispanlar tomonga o'tdi.

37-daqiqa. Qarshi hujum ispanlar ijrosida. Biroq ikki nafar sherigi bo'lganiga qaramay, Oyarsabal zarba berishga qaror qildi, yoki uzatmasi qovushmadimi, lekin to'p darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

34-daqiqa. O'ngdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Bernardeski kutilmaganda zarba berdi va darvozabon qisman qaytargan to'p ustunga tegdi, yordamga birinchi bo'lib Markos Alonso etib kelib, xavfni butkul bartaraf etdi. 

32-daqiqa. Italiya markazdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, o'xshamadi.  

30-daqiqa. Ogohlantirish! Tilini tiya olmagani uchun Leonardo Bonuchchiga sariq ko'rsatildi.

30-daqiqa. Jarima maydoni yaqin nuqtadan Italiya standartni amalga oshiradi. Zarba o'rniga yaqin masofaga oshirildi, lekin ispanlar bunga ham tayyor edi. Oqibatda hujumda fol. 

28-daqiqa. Insinening o'zi uzatmani amalga oshirdi, lekin ish yakuniy zarbagacha etib bormadi.  

27-daqiqa. Lorenco Insine to'pni himoyachilarning ortidagi bo'sh zonaga uzatib berayotgandi, raqib buni sezib qoldi. Burchak zarbasi. 

23-daqiqa. Har ikki murabbiy ham, futbolchilar ham tushunib turishibdiki, bugungi bellashuvda ko'p narsa maydon markazi "kimniki bo'lishiga" bog'liq. Hozir ham ketma-ket kichik duellar guvohi bo'ldik, yakunda ish fol bilan tugadi. Hech kim bo'sh kelishni istamayapti.   

21-daqiqa. Ispaniya o'z kuchiga ishongan holda harakat qilmoqda va bu Italiya termasi vakillariga yoqmayapti.  

19-daqiqa. Donnarumma kutilmaganda xatoga yo'l qo'ydi va to'p darvozaga qarab ketayotgandi, Bonuchchi amallab to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lmoqda.  

17-daqiqa. GOOOOOOOL! Oyarsabaldan chap qanotdan ajoyib pas va Torresdan undan qolishmaydigan zarba.   

16-daqiqa. O'yin Italiyada bo'layotganidan xabaringiz bor albatta. Hozir tribunalar birinchi navbatda aynan mezbonlar o'yinidan norozi bo'lib, hushtak chalishdi chog'i.     

13-daqiqa. Bir daqiqa ichida har ikki jamoa futbolchilari ham texnikalarini namoyish qilib ulgurishdi, ham xatolarga yo'l qo'yib to'pni raqibga berib qo'yishnida uddalashdi. Oxirgi bo'lib, Kezani to'xtatishda qo'pollik ishlatildi va u oshirgan to'p sherigiga etib bormagach, Karasyov jarima zarbasi belgiladi.   

12-daqiqa. Markazda endi Jorjino Bustketsni "mehmondo'stlik" bilan qarshi oldi va ispaniyalik yarim himoyachi maydonga quladi.   

10-daqiqa. Buskets to'p uchun kurashda Barellani ayab o'tirmadi va natijada to'p oxirgi bo'lib aynan italiyalik futbolchiga tegib, maydonni tark etdi.   

8-daqiqa. Ispanlar raqib jarima maydonchasi, darvozasi tomon yo'l izlamoqda.  

7-daqiqa. Ispaniya to'pni nazorat qilish orqali raqib tempini buzishga va o'z hujumlariga zamin yaratishga urinmoqda.  

5-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk chinakamiga xavfli zarbani Italiya termasi vakili Keza amalga oshirdi, ammo Unai Simon o'z o'rnida.

3-daqiqa. Ispaniya hujumga o'tishga harakat qildi, lekin reja oxiriga etmay qoldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni markazdan ispanlar boshlab berishdi.


Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

Italiya – Ispaniya 

6 oktyabr, 23.45, "Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Italiya – Donnarumma, Emerson, Di Lorenco, Bastoni, Bonuchchi, Bernardeski, Jorjino, Insine, Verratti, Keza, Barella.

Ispaniya – Unai Simon, Alonso, Laport, Aspilikueta, Pau Torres, Sarabiya, Koke, Ferran Torres, Buskets, Oyarsabal, Gavi.

Italy

Lorenzo Pellegrini - 83'

UEFA Nations League A Championship Playoff . Semi Finals-tur

06/10/2021, 23:50

2
:
1
Tugadi

Spain

Ferran Torres - 17', Ferran Torres - 45'

Stadion: San Siro, 33524 tomoshabin

Bosh hakam: Sergei Karasev

45'
90'
30'  Leonardo Bonucci
42'  Leonardo Bonucci
46'  Federico Bernardeschi (Giorgio Chiellini)
58'  Lorenzo Insigne (Moise Kean)
58'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
64'  Jorginho (Lorenzo Pellegrini)
72'  Nicolo Barella (Davide Calabria)
82'  Manuel Locatelli
83'  Lorenzo Pellegrini
83'  Federico Chiesa
17'  Ferran Torres
17'  Mikel Oyarzabal
45'  Cesar Azpilicueta
45'  Ferran Torres
45'  Mikel Oyarzabal
49'  Ferran Torres (Yeremi Pino)
65'  Pablo Sarabia
71'  Yeremi Pino
75'  Koke (Mikel Merino)
75'  Pablo Sarabia (Bryan Gil)
84'  Gavi (Sergi Roberto)
89'  Mikel Oyarzabal

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика