So’nggi yangiliklar

08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  5 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  9 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  18 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11

Millatlar ligasi. Dahshatli dramatik bahsda Franciya kambek namoyish etib, finalga yo'l oldi Yangiliklar

Millatlar ligasi. Dahshatli dramatik bahsda Franciya kambek namoyish etib, finalga yo'l oldi

Millatlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan Belgiya - Franciya uchrashuvi yakunlandi.


YANGILASH


Belgiya – Franciya 2:3

Gollar: 1:0 – 37 Karrasko, 2:0 – 40 Lukaku, 2:1 – 62 Benzema, 2:2 – 69, penalti Mbappe, 2:3 – 90 Ernandes.

Belgiya – Kurtua, Denayer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan (Batshuayi, 90), Vitcel, Tilemans (Vanaken, 70), de Bryuyne, Karrasko, Azar (Trossard, 74), Lukaku.

Franciya – Loris, Ernandes, Varan, Ernandes, Pavar (Dyubua, 90), Pogba, Rabo (Tchuameni, 75), Kunde, Mbappe, Grizmann, Benzema (Veretu, 90).

Ogohlantirish: Vertongen (67).


UCHRASHUV STATISTIKASI

To'pni nazorat qilish: 51-49

Zarbalar: 11-16

Aniq zarbalar: 6-6

Seyvlar: 3-4

Burchak zarbalari: 4-2

Ofsaydlar: 2-4


UCHRASHUV YAKUNLANDI! FRANCIYA FINALDA! Uchrashuvni tomosha qila olmaganlarga yaxshi manoda alam qilsin deb qolamiz. O'ylaymanki, ushbu uchrashuv bir necha soatlik uyqudan kechishga arzirdi.

90+2. Pavar o'rniga Dyubua, Kastan o'rniga Batshuayi maydonga tushdi

Qo'shimcha taymlar ko'ramiz deyayotgan bir pallada Teo barchasini chippakka chiqarish arafasida turibdi.

90+1. GGGOOOLLL!!! TEO ERNANDESSSSS


Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. POGBA!!! Darvoza qirrasi uhh deb yubordi.

89. Belgiya darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

Yo'q, ofsayd qayd etildi, gol hisobga olinmadi.

87. GOOOOOLLLLL!!! LUKAKU!!!

85. Grizmann Vitselni maydonga qulatdi, hakam qo'pollik ishlatilmagan deb baholadi

80. Franciya uyqudan uyg'ondi. Pressing natijasida to'p olib qo'yilmoqda.

77. CHuameni maydonga tushiboq o'z nomini tabloga yozib qo'yishi mumkin edi, Kurtuadan ajoyib seyv!

75. Endi Franciyada o'zgarish: Rabo o'rniga CHuamani

74. Azar maydonni tark etdi, uning o'rniga Trossar qo'shildi.

73. De Bryuyne! Uning juda kuchli zarbasini Loris qandaydir mo'jiza tufayli qaytardi.

70. Belgiyada o'zgarish: Tilemans o'rniga Vanaken maydonga tushdi.

69. PENALTI VA GOL. Mbappe bu safar adashmadi hamda hisobni tenglashtirdi.

67. Grizmann yiqitildi, hakam VARga qaramoqda.

Mbappening say-harakatlaridan so'ng to'p himoyachilar qurshovidagi Benzemaga kelib tushdi. U esa qalovini topib, Belgiya darvozasiga "qor yog'dirdi".

62. GOOOOOOOLLLLL!!! BENZEMA!!!


58. Grizmann nima qilganini anglolmay qoldi. Hisob qisqarishi mumkin edi. Mbappe o'ng qanotdan yorib kirib, markazdagi Antuanga to'pni uzatgandi, francuz esa birato'la ikki oyoqlab 5-6 metrlardan noaniq zarba berdi.

55. Karrasko yana chap qanotdan xavf solmoqchi bo'lgandi, Kunde uni zararsizlantirdi.

54. Grizmann hujum payti o'yin qoidasini buzdi.

51. LUKAKU! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni hujumchi to'xtatmasdan darvoza tomon yo'llay oldi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

50. Uzatma natijasida Pogba bosh bilan zarba bergandi, biroq to'p darvozaga yana aniq bormadi.

49. Benzemaga nisbatan Alderveyreld qo'pollik ishlatdi. Francuzlarda yaxshi vaziyat bo'lishi mumkin.

48. Pogbaning zarbasi juda kuchli va juda noaniq chiqdi.

BIRINCHI BO'LIM STATISTIKASI

To'pni nazorat qilish: 55-45

Zarbalar: 8-4

Aniq zarbalar: 4-2

Seyvlar: 2-2

Burchak zarbalari: 3-1

Ofsaydlar: 0-2


IKKINCHI BO'LIM BOSHDANDI.

Lukaku: "Uydagilarga salom yo'llayman..."

BIRINCHI TAYMGA HAKAM VAQT QO'SHIB BERMADI.

45. Endi Azardan zarba! Francuzlarning yuziga suv-puv sepvoringlar...

43. Belgiya burchak zarbasi ishlab oldi.

Yana De Bryuynedan qimmatbaho pas va himoyachidan qochib ketgan Lukaku o'ng oyoqda zarba berib, to'pni hali o'ziga kelib ulgurmagan Franciya darvozasiga "mixladi".

41. GOOOOOOLLLLL!!! LUKAKUUU!!!


De Bryunening chap qanotga uzatgan to'pidan so'ng Karrasko ikki himoyachini chalg'itdi hamda Loris tayyor bo'lmagan nuqtaga to'pni yo'lladi. Darvozabon esa tomoshabin rolini bajarib berdi.


37. GOOOOOOOOLLLLLLLLL!!!!!! Karrasko


35. Belgiyaning pressingi natijasida Loris to'pni autga tepib yuborishga majbur bo'ldi.

31.  Belgiya futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, hakam penalti belgilamadi.

Mbappening tezligiga murabbiyning reakciyasi

27. Benzema Vitseldan to'pni olib qo'yib, chap qanotdan Mbappeni oldinga boshladi, Kilian esa tezlikni oshirib, jarima maydoniga to'pni uzatdi, raqib himoyachisi to'pdan "shapaloq" eb, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

26. Tilemans xatosidan so'ng francuzlar tezkor hujum tashkil etishi mumkin edi, ularning o'zi sekinroq harakat qildi.

23. Boshlar bilan tashkil etilgan kombinaciyadan so'ng Mbappeni hujumni yakunlab qo'ymoqchi bo'ldi. Uning zarbasi esa o'zi o'ylaganidek kuchli chiqmadi.

17. Aka-uka Ernandeslar Kastan ularni xafa qilishiga yo'l qo'ymadi. Yakunda belgiyalik futbolchi qo'pollik ishlatdi deb topildi.

15. De Breyne to'p keldi deb tepaverarkan-da!

14. Pogbadan Benzemaga zargarona uzatma, biroq ofsayd holati qayd etildi.

13. Tilemansning tepgan to'pi tribunadagi muxlislar tomon parvoz qildi.

11. De Breyne yana o'z omadini sinab ko'rdi, himoyachilar ko'ksini qalqon qilishdi.

8. ZARBA! Pavar tovoni bilan gol urmoqchi bo'ldi. Darvozabon xushyorlikni yo'qotmadi. Himoyachi "Oltin tovon" sovriniga davogarlik qilmoqchi, shekilli.

4. Endi Mbappe yana quvlashmachoq o'ynagisi keldi va katta tezlikda oldinga bordi, unga eta olishiga ko'zi etmagan Kastan qo'pollik ishlatdi.

4. DAHSHAT! Drama boshlandi. O'ng qanotdan og'ir vaznli Lukaku tezlikda oldinga bordi va jarima maydoniga uzatdi. De Bryuynening zarbasidan so'ng Loris seyv namoyish etdi.

2. Dastlabki xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishi mumkin edi, o'ng qanotdan oldingan borayotgan Mbappedan belgiyaliklar to'pni olib qo'yishdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI! Belgiyaliklar bahsni boshlab berishdi.

Bugun Franciya tarkibida aka-uka Ernandeslar birga o'ynaydi, belgiyaliklarda ham aka-ukalar bor edi. Biroq Eden Azarning ukasi bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Bugungi uchrashuvni germaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Daniel Zibert. Unga qanotlarda Yan Zaydel hamda Eduard Baytinger yordam beradi. To'rtinchi hakam — Xarm Osmers. VAR referisi esa niderlandiyalik Pol van Bukel hisoblanadi.

Uchrashuv atmosferasi ajoyib!


Ikkala jamoaga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib borishga harakat qilamiz.

Belgiya oxirgi 3 uchrashuvda g'alaba qozongan

Franciya oxirgi 26 uchrashuvning 24 tasida mag'lubiyatga uchramagan

Belgiya oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 0,80 tadan gol o'tkazib yuborgan

Belgiya oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 2,20 tadan gol urmoqda

Belgiya oxirgi 29 o'yinda gol urgan

Franciya oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 1,40 tadan gol o'tkazib yuborgan

Franciya oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 1,80 ta gol urmoqda

Franciya oxirgi 7 o'yinning 5 tasida gol o'tkazib yuborgan

Franciya so'nggi 15 o'yinda gol urgan

Belgiya so'nggi uchrashuvini Belarus maydonida o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozongan, Franciya esa o'z maydonida Finlyandiyani 2:0 hisobida taslim etgan.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 20 uchrashuvning 5 tasida maydon egalari zafar quchgan bo'lsa, 9 bahsda francuzlarning qo'li baland kelgan. Yana 6 o'yinda durang natija qayd etilgan.

Ikki gigant jamoa o'rtasidagi oxirgi to'qnashuv Rossiya maydonlarida o'tgan 2018 yilgi jahon chempionati yarim finaliga to'g'ri kelgan va unda Franciya 1:0 hisobida g'alaba qozongan.


Assalomu alaykum, shokoladdan shirin uyqusidan voz kechib, biz bilan futbol oqshomini kuzatib boradigan aziz muxlislar! Yaqin 90 daqiqa davomida dahshatli dramatik tomoshaning guvohi bo'lamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика