

Hozirda top-5 liga rahbarlari musobaqani bekor qilish taklifi bilan chiqmoqda.
Ularning argumentlari shunday ko'rinish olgan:
- 2020/21 yilgi mavsumi shundoq ham tiziq, futbolchilarga katta qiyinchiliklar yuzaga keladi.
- Termalarning o'yinlarida federatsiyalar chiptalardan foyda qila olishmaydi, chunki o'yinlarga muxlislar kiritilmaydi.
- Termaga qo'yib yuborilgan futbolchilar klub nazoratida bo'la olmaydi.
- Ayrim davlatlarda epidemiologik holat yomonlashgan.
Hozirda barchasi 50ga 50 bo'lib turibdi. Ertangi yig'ilishda bu borada bir qarorga kelinadi.
Eslatib o'tamiz, Millatlar ligasining o'tgan galgi musobaqasida Portugaliya termasi g'oliblikni qo'lga kiritgandi.



