"Milan"ning sobiq ustozi "Sampdoriya"ni boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 14:52
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli "Sampdoriya"ni boshqarishi mumkin.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, "Sampdoriya" rahbariyati jamoani boshqarayotgan Eusebio Di Franchesko yomon natijalari tufayli ishdan bo'shatmoqchi.

7 turdan keyin "Sampdoriya" 7 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi. Bugun "Sampdoriya" rahbariyati klubda yig'ilish o'tkazadi va Piolining tayinlanuvini e'lon qiladi.

53 yoshli Pioli 2019 yilning aprelida "Fiorentina"dan iste'foga chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia