So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Milan"ning niyati jiddiy: A Seriya 4-turi qanday o'tdi? Yangiliklar

"Milan"ning niyati jiddiy: A Seriya 4-turi qanday o'tdi?

17-19 oktyabr kunlari A Seriyaning navbatdagi tur bahslari bo'lib o'tdi.

Ronaldusiz qolgan "Yuventus" ochko yo'qotdi

Krishtianu Ronaldu koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi va “byankoneri”ning yana bir qator futbolchilari “akulalar” bilan o'yinni o'tkazib yuborishga majbur edilar, lekin bu ham ortiqcha muammolar tug'dirmaydigandek edi. Amalda esa bahsning 12-daqiqasidayoq mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi va Nkvanvu uni ishonch bilan amalga oshirdi. Tabiiyki, “Yuventus” oldinga tashlandi va birinchi chinakam xavfli hujumidayoq hisobni tenglashtirishga erishdi. Kulushevski bo'sh hududga Kezani chorladi yosh italiyalik esa to'pni jarima maydoniga oshirib berdi, u erda Alvaro Morata hammadan chaqqonroq harakat qilib, Turin klubiga qaytganidan so'ng ilk golini urdi. Ko'p o'tmay Morata sherigi Portanova zarba berishi uchun vaziyat yaratib berdi, biroq yosh futbolchi birga-bir vaziyatda kiperni dog'da qoldira olmadi. Qayd etish lozim, tanaffusgacha “Krotone” ham yana bir vaziyatga ega bo'ldi, Buffon katta qiyinchilik bilan Masyasning zarbasidan keyin to'pni ushlab oldi.


Yarim himoyachi tanaffusdan keyin ham chempion darvozasiga yo'l izlashdan to'xtamadi va shunday urinishlardan navbatdagisi zarba bilan yakunlandi, ammo to'p darvozadan biroz balandroqdan o'tib ketdi. O'yinda muhim vaziyatlardan biri xavfli o'ynagani uchun Federiko Kezaning chetlatilishi bo'ldi. Kamchilikda “Yuventus” raqib himoyasini yorib o'tishi yanada qiyinlashdi.  Burchak to'pidan keyin Morata yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin to'p ustunga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Kuadradoning to'p oshirishidan so'ng hujumchi niyatiga etdi va to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi, lekin ofsayd qayd etilib, takroriy lavha ko'rilganidan keyin gol bekor qilindi. Natijada, "Krotone" muhim ochkoni qo'lga kiritdi, Andrea Pirloga esa savollar ko'paymoqda.


"Milan" derbida g'alaba qozondi

Antonio Konte o'yindan avval koronavirus tufayli bir qator futbolchilaridan ayrildi. Natijada, "Inter" maydonga optimal tarkibda tusha olmadi. SHu sababmi Konte shogirdlari uchun muammolar ham o'zini ko'p kuttirmadi. Kolarov oddiy vaziyatda Ibragimovichga nisbatan jarima maydonida qo'pol o'ynadi. Zlatanning o'zi nuqtaga yaqinlashdi, birinchi urinish omadsiz bo'lgan bo'lsa-da, ikkinchi urinishda shveciyalik gol urdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, "neradzurri" himoyasi yana qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Negadir hech kim Leao Ibragimovichga aniq uzatma amalga oshirishiga to'sqinlik qilmadi va Zlatan ham bunday imkoniyatlardan kamdan-kam adashadi. Koronovirusdan endi tuzalgan Ibragimovich 39 yoshida 3 daqiqa ichida 2ta gol urdi. SHunchaki fantastika! SHundan keyingina "Inter" uyg'ona boshladi va sekin-asta vaziyatlar yarata boshladi. SHu kabi hujumlarning birida Kolarov ajoyib pas bilan to'pni Lautaroga etkazdi, argentinalik ko'p cho'zib o'tirmay, jarima maydonidagi Lukakuni to'p bilan taminladi va Romelu bir harakat bilan hisobni qisqartirdi. Birinchi bo'limning o'zidayoq Lukaku muvozanatni tiklab qo'yishi mumkin edi, ammo burchak zarbasidan keyin hujumchi darvozaga yo'llagan to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi. 


Aynan belgiyalik uchrashuvning ikkinchi yarmida ham eng xavfli futbolchilardan bo'ldi. Vaziyat bo'ldi deguncha Lukaku zarba beraverdi, yakunda u 8 bor zarba bergani malum bo'ldi, sheriklari uchun bo'sh hududlar yaratishga urindi va hatto penalti ishlamoqchi bo'ldi. "Inter" chindan agressiv harakat qilar va vaziyatlar yaratardi. Vidalning burchakdan uzatmasidan keyin Sensi yaxshi zarba bergandi, lekin to'p biroz noaniq yo'nalish oldi. "Milan" hisobdan kelib chiqib harakatlanardi, yakunda bu g'alabani saqlab qolish uchun etarli bo'ldi. SHu tariqa, "rossoneri" musobaqa jadvali etakchisi bo'lib turibdi.


"Napoli" "Atalanta"ni tor-mor etdi

"Yuventus" bilan o'yindagi mash-mashalar "Napoli"va Gattuzoning jaxlini chiqargani turgan gap. Buni jamoa keyingi o'yinda ko'rsatib berdi. "Partenopeyclar" katta ishtiyoq bilan maydonga tushib kelishdi va ilk daqiqalardan raqibga yuqori temp taklif qilishdi. Losano 3-daqiqadayoq hisobni ochishi mumkin edi, ammo bu ishni yarim himoyachi keyinroq amalga oshirdi. Oradan yana 4 daqiqa o'tgach, Mertnes aniq pas bilan meksikalikni qulay vaziyatga chiqarib yubordi, Erving esa aylanma zarba bilan darvozabonni dog'da qoldirdi. "Napoli" "qon isini sezgan yirtqich" kabi to'xtamadi, Matteo Politano qanotdan markazga qarab yurdi va kuchli zarba bilan to'pni to'sin ostiga yo'lladi. "Atalanta" bunday voqealar rivojiga tayyor bo'lmagan chog'i, butkul qarshilik ko'rsata olmasdi. Tanaffusgacha "Napoli" yana bitta gol urdi. Ospina to'pni Osimxenga aniq etkazdi va Viktor ko'p o'ylab o'tirmay, jarima maydoni tashqarisidan kuchli, muhimi aniq zarba yo'lladi. Bu futbolchi uchun "Napoli" safidagi debyut gol edi.


Bunday birinchi bo'limdan keyin g'olib nomi deyarli aniq edi, biroq Gasperini shogirdlari shunchaki qo'llarini tushirib qo'yishmadi. Ular ikkinchi bo'limga "jang" qilish uchun tushishdi. Muriel markazda raqiblari bilan kurashda ustun keldi va to'pni Lammersga etkazdi, jamoaning yangi futbolchilaridan biri raqiblaridan qochib ketdi va A Seriyadagi ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo'limda "bergamoliklar" qanchalar urinmasin ortig'icha ularning kuchi etmadi va "Napoli" aynan "Atalanta"ni ortda qoldirib, uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.


"Roma" "Benevento"ga imkon qoldirmadi

"Roma" mavsumni yomon boshlamadi. Ayniqsa bazi bir xatolar tufayli "Verona" bilan o'yinda texnik mag'lubiyat yozilmaganida. 

Indzagi shogirdlari ham o'yin startida ko'pchilikni hayron qoldirishdi. "Benvento" yorqin futbol namoyish qilar va Kaprarining zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib darvoza to'riga borib tushdi. Bu orada endigina 5-daqiqa o'tib borayotgandi. "Roma" katta kuch bilan hujumga o'tgan bo'lsa-da, anchagacha darvoza tomon yo'l topa olmasdi. Taym yarmidan o'tib "Roma" raqibning kuchsiz nuqtalarini seza boshladi. Genrix Mxitaryan ajoyib uzatma bilan Jekoni o'ta qulay vaziyatga chiqardi va bosniyalik hujumchi birgina harakat bilan hisobni tenglashtirdi. 


Ikkinchi bo'limda ham muxlislar yorqin o'yin guvohi bo'lishdi. "Benevento" futbolchisi Janluka Lapadulla Pau Lopesni alday olmagan bo'lsa ham takroriy urinishda to'pni darvozaga yo'llay oldi. Hal qiluvchi epizod oradan 10 daqiqa o'tib yuz berdi, "Benevento" darvozasiga penalti - bahsli penalti bo'lganiga qaramay, Veretu sovuqqonlik bilan uni golga aylantirdi. Bundan keyin raqib amalda taslim bo'ldi. "Roma" futbolchilari osonlik bilan qarshi hujumga chiqib keta boshlashdi. Genrix Mxitaryan yana bir bor ajoyib uzatma bilan Jekoni topdi va tajribali hujumchi bo'sh darvozani aniq nishonga oldi. Keyin Karles Sayol maydon markazidan darvozagacha reyd amalga oshirdi va to'pni darvozabonning yonginasidan o'tkazib, to'rga joylab qo'ydi. "Benevento"ga jasurligi uchun olqishlar, "Roma"ga esa qiyin vaziyatda o'zini qo'lga ola bilgani uchun tasanno.


"Lacio" "Sampdoriya"ga mag'lub bo'ldi 

"Lacio" bu o'yinga bir qator yo'qotishlar bilan keldi, biroq Indzagini hammasidan ham ko'proq CHiro Immobilening qo'ligi tashvishga solardi. Tajribali Raneri esa barcha futbolchilari xizmatidan foydalana olardi va qaysidir palla bu ish berdi. Qanotdan uzatma amalga oshirilganda "Lacio" futbolchilari "uxlab qolishdi" va Fabio Kvalyarella navbatdagi golini urdi. Aynan havodan kelayotgan uzatmalar "burgutlar"ni qiyin vaziyatda qoldiraverdi, navbatdagi burchak zarbasidan keyin to'p Audjelloga kelib tushdi va Tomazzo golli uzatmaga aniq zarba ham qo'shib qo'ydi. "Lacio" hech o'ziga kelolmasdi, Korrea va Kaysedo boshqa jamoadoshlaridan "ajratib qo'ilgandi".


Ikkinchi bo'limda ham o'yin surati u qadar o'zgarmadi. "Lacio" bir-ikki xavfli hujumlar amalga oshirdi, ammo o'yinda burilish yasash uchun bu kamlik qilardi. "Sampdoriya" esa aksincha ancha ishonchli o'yin namoyish qilardi. O'yindagi so'nggi gol Demasgorning goli bilan yakunlandi. Verredan to'pni qabul qilib olgan futbolchi zarba berish uchun yaxshi nuqtaga chiqib bordi va to'pni darvoza to'sini ostiga yo'lladi. "Sampdoriya" Raneri qo'l ostida muxlislarga yoqadigan futbol namoyish qilmoqda, "Lacio"ning esa A Seriyadagi ishlari yurishmayapti. 15-o'rin jamoa A Seriya startini naqadar omadsiz o'tkazgani isboti bo'la oladi.


SHuningdek: 

"Fiorentina" "Speciya" bilan durang o'ynadi;

"Sassuolo" "Bolonya"ni mag'lub etdi;

"Verona" - "Jenoa" o'yinida hisob ochilmadi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика