"Milan"ning 8 nafar futbolchisi "Atalanta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
09 dek 2023 15:38
Yangiliklar
"Milan"ning 8 nafar futbolchisi "Atalanta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Rossoneri"da kadrlar muammosi mavjud.
"Milan"ning 8 nafar azosi Italiya chempionatining 15-turida "Atalanta"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi. Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.
Vinger Rafael Leau safga qaytdi, ammo murabbiylar shtabi futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka va uni CHempionlar Ligasi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinga saqlab qolishga qaror qilishdi.
SHuningdek, "qizil-qoralar" Simon Ker, Malik Tiav, Noa Okafor, Mattia Kaldara, Marko Pellegrino, Per Kalulu va Marko Sportello xizmatlaridan foydalana olmaydi.
"Atalanta" – "Milan" uchrashuvi 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar