"Milan"ning 3 yildan beri "San Siro"da qo'lga kiritgan ilk g'alabasini 65 mingdan ziyod muxlis kuzatdi + FOTO
04 avg 2017 11:26
Yangiliklar
"Milan"ning 3 yildan beri "San Siro"da qo'lga kiritgan ilk g'alabasini 65 mingdan ziyod muxlis kuzatdi + FOTO
Yozgi transfer oynasida eng ko'p o'yinchi xarid qilayotgan "Milan" klubi kecha Evrokuboklar doirasida o'z o'yinini o'tkazdi.
Evropa ligasi 3-saralash bosqichi javob uchrashuvida milanliklar Ruminiyaning "Krayovo" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Ushbu g'alaba "Milan"ning 2013-2014 yildan beri Evrokuboklar doirasida "San Siro"da qo'lga kiritilgan ilk yutug'i bo'ldi. Ana shu bellashuvni bevosita stadiondan kuzatish uchun 65763 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" klubi "Krayovo"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:0 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar