"Milan" Zlatanning o'rniga nomzod topib qo'ydi
05 apr 2020 18:27
Yangiliklar
"Milan" Zlatanning o'rniga nomzod topib qo'ydi
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, ayni damda polyak yozda faoliyatini yakunlashi kutilayotgan Zlatan Ibragimovichning o'rniga olib kelinadi. Milanliklar 20 yoshli Rafael Leauga katta etibor berishmoqchi, ammo uning yonida tajribali futbolchi bo'lishi shart.
O'z navbatida "Napoli" yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan Milikning transferidan 40 mln evro ishlab olmoqchi. Uning amaldagi kelishuvi 2021 yilga qadar davom etadi.
Ushbu mavsumda 26 yoshli Milik "Napoli" tarkibid 16 o'yinda 9 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
22:20
Osimxen rasman ijara asosida turk klubi o'tdi. "Napoli" futbolchini bepulga ijaraga berdi, ammo... 2
Fikrlar