"Milan" Zieshni sotib olish fikridan voz kechdi
08 dek 2022 17:10
Yangiliklar


"Milan" Zieshni sotib olish fikridan voz kechdi
Italiya klubi Marokash terma jamoasi yulduzi Hakim Zieshni xarid qilishga qodir emas.
"CHelsi"ning 29 yoshli hujumkor yarim himoyachisi butun yoz davomida "San Siro" egalari bosh maqsadi bo'lib keldi. Biroq moliyaviy tomondan buni amalga oshirishga qodir bo'lmagani bois Milan klubi ushbu g'oyadan to'liqligicha voz kechdi.
Joriy mavsumda "ko'klar" tarkibida Angliya Premer-ligasida bor-yo'g'i 5 marta maydonda ko'rinish bergan Zieshning Qatar mundialidagi muvaffaqiyatli ishtiroki qishki transferlar oynasida unga davogarlar sonini orttirib yuborishini ko'rsatmoqda.
Angliya chempionatida hozircha samaradorlik namoyish etishga ulgurmagan futbolchi Jahon chempionatida 4 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar