“Milan” Zeedorf bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi
14 jan 2014 10:24
Yangiliklar


“Milan” Zeedorf bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi
“Milan” klubi ayni paytda “Botafogo” jamoasida to'p surayotgan sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorf bilan shartnomaning bir necha qismlari bo'yicha kelishuvga erishdi.
Unga binoan 37 yoshli gollandiyalik payshanba kunidan boshlab “Milan”ni boshqarib boradi.
“Rossoneri”lar Zeedorf bilan ikki yilga (2016 yilgacha) mo'ljallangan shartnoma imzolashadi, deb xabar beradi Sportmediaset.
Eslatib o'tamiz, Zeedorfning “Milan”dagi murabbiylar shtabiga Yap Stam, Ernan Krespo va Patrik Klyuyvert ham kirishadi.

Fikrlar