"Milan" yozgi transferlar uchun byudjetni belgilab oldi
31 may 17:55
Yangiliklar
"Milan" yozgi transferlar uchun byudjetni belgilab oldi
"Milan"ning yozgi transfer byudjeti 100 million evroni tashkil qiladi, deb xabar berdi "La Gazetta dello Sport". Rahbariyat tarkibni kuchaytirish uchun yangi murabbiyga aynan shuncha mablag' ajratishga tayyor.
"Rossoneri" CHempionlar Ligasida ishtirok etish orqali transferlar uchun pul yig'a olishdi. Bundan tashqari, "qizil-qoralar" yarim himoyachi SHarl de Ketelare uchun "Atalanta"dan 20 million olishga umid qilmoqda. Agar "Milan" boshqa futbolchilarni sotsa, transfer uchun ajratiladigan summa oshishi mumkin.
"Rossoneri" 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Birinchi navbatda Olive Jiru o'rniga hujumchi. Asosiy nomzod "Bolonya" vakili Joshua Zirkzee. Ikkinchi maqsad – "Monako" yarim himoyachisi Yussuf Fofana.
"Qizil-qoralar" ham 2 himoyachi bilan shartnoma tuzish niyatida. Markaziy himoyachi poziciyasiga asosiy nomzod "Brayton"dan Igor Julio hisoblanadi. Klub himoyaning o'ng qanoti uchun "Tottenxem" himoyachisi Emersonni ko'rib chiqmoqda.
Fikrlar