"Milan" yozda transferlar uchun 130 million evro sarflashga tayyor

Tolibjon Qosimov
19 apr 2017, 19:09
"Milan" osiyolik yangi egalari yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida yaxshigina xarj qilmoqchilar.

Bunga sabab, keyingi mavsumdayoq Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar berdi. "Rossonerlar"ning ro'yxatida Alvaro Morata, Karim Benzema, Mateo Kovachich (barchasi "Real"), Per-Emerik Obameyang ("Borussiya" D), Aleksandr Lakazett ("Lion"), Mateo Musakko ("Vilyarreal") va Daniele de Rossi ("Roma")lar bor. Manbaning ma'lum qilishicha, yozda "Milan" transferlar uchun 130 million evro sarflashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Corriere dello Sport