

“So'nggi haftada men Milanning ikki jamoasi bilan suhbat o'tkazdim. Hammasini oshkor etish niyatida emasman. Biroq, shuni aytamanki: Men Italiyada o'ynashni xohlayman!, – deydi 27 yoshli braziliyalik futbolchi.
Oskar 2017 yilning yanvarida Chelsidan 70 mln. evro evaziga Xitoy klubiga transfer qilingandi. Uning shanxayliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.
Xavbek Shanxay SIPG tarkibida umumiy 108 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 35+57 ko'rsatkichni yozib qo'yishga ulgurgan.




