"Milan" yanvarda Zieshni o'ziniki qilmoqchi
10 okt 2022 17:53
Yangiliklar


"Milan" yanvarda Zieshni o'ziniki qilmoqchi
Italiya klubi qishki transferlar oynasida Hakim Zieshni tarkibiga qo'shib olishi mumkin.
Marokashlik futbolchining yozda "San-Siro"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq Ziesh "Stemford Brij"da qoldi.
29 yoshli futbolchi yana milanliklar etiboriga tushdi. Italiyaliklar yanvarda Zieshni ijaraga olib, yozda uni jamoada doimiy saqlab qolish niyatida.
Yarim himoya chizig'ida to'p tepuvchi Ziesh ushbu mavsum "CHelsi" tarkibida 5 ta o'yinda ko'rinish berdi. Uning transfer qiymati 20 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar