"Milan" yangi homiyga ega bo'ldi
21 fev 2022 19:57
Yangiliklar
Italiya klubi Evropadagi eng yirik sug'urta kompaniyalaridan biri Wefox bilan hamkorlik boshlanganini malum qildi.
Nemis brendining logotipi formaning orqa tomonida, jamoa raqamidan pastda aks etadi.
Kompaniya nomi A Seriyaning navbatdagi o'yinida - 25 fevral, juma kuni "Udineze"ga qarshi o'yinda "rossoneri" libosida paydo bo'ladi.
Fikrlar