“Milan” yana “Arsenal” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
08 avg 2020 01:15
Yangiliklar
“Milan” yana “Arsenal” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
“Arsenal”ning urugvaylik yarim himoyachisi Lukas Torreyra yana “Milan” qiziqishlari doirasida, deya xabar bermoqda The Telegraph.
Manba xabariga ko'ra, kanonirlar ustozi Mikel Arteta Torreyraga javob berishga tayyor.
24 yoshli Torreyra 2018 yilning yozida “Sampdoriya”dan “Arsenal”ga ko'chib o'tgandi. Uning transferi londonliklarga 28,6 million evroga tushgandi.
2019/2020 yilgi mavsumda Torreyra jamoasi safida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Mar oyida futbolchi Angliya kubogi bahsida “Portsmut”ga (2:0) qarshi bahsda jarohat olib, may oyi oxirlarida safga qaytgandi.
Fikrlar